https://oz.sputniknews.uz/20240209/birgalikda-ekilgan-daraxt-texnoparkka-tashrif-lukashenko-tashrifining-ikkinchi-kuni-42414799.html
Birgalikda ekilgan daraxt, Texnoparkka sayohat — Lukashenko tashrifining ikkinchi kuni
Birgalikda ekilgan daraxt, Texnoparkka sayohat — Lukashenko tashrifining ikkinchi kuni
Sputnik O‘zbekiston
Birgalikda ekilgan daraxt, Texnoparkka tashrif — Lukashenko tashrifining ikkinchi kuni
2024-02-09T09:56+0500
2024-02-09T09:56+0500
2024-02-09T17:32+0500
siyosat
o‘zbekiston
belarus
shavkat mirziyoyev
aleksandr lukashenko
daraxt
texnopark
tashrif
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/09/42414037_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_2e3f29f10b834872802281599152ae96.png
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko kecha, 8-fevral kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Shuningdek, kecha Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi.Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollarlik 17 ta ishlab chiqarish quvvati joylashtirilgan. Joriy yilda bu yerda logistika markazi ish boshlaydi.Mahsulotlar xorijiy brendlar ostida va ular nazoratida ishlab chiqarilmoqda, ichki va xorijiy bozorlarda ularga talab yuqori. Tovarlar dunyoning 10 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda.Prezidentlar yetakchi korxonalar kooperatsiyasini, tajriba almashish va texnologiyalar transferini kengaytirish zarurligini ta’kidladilar.
https://oz.sputniknews.uz/20240208/mirziyoev-lukashenko-tor-doira-muzokara-42403094.html
o‘zbekiston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/09/42414037_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_6f9546bf3505d4f9c5ffc9584e37e732.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
birgalikda ekilgan daraxt, texnoparkka tashrif — lukashenko tashrifining ikkinchi kuni
birgalikda ekilgan daraxt, texnoparkka tashrif — lukashenko tashrifining ikkinchi kuni
Birgalikda ekilgan daraxt, Texnoparkka sayohat — Lukashenko tashrifining ikkinchi kuni
09:56 09.02.2024 (yangilandi: 17:32 09.02.2024) Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi.
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko kecha, 8-fevral kuni “Ko‘ksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. “Faxriy mehmonlar xiyobonida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilish ramzi sifatida daraxt ekdilar”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, kecha Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka
tashrif buyurdi.Oliy martabali mehmon e’tiboriga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, lift va eskalatorlar, nasoslar, sanoat qozonxonalari, sovitish tizimlari kabi keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar taqdim etildi.
Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollarlik 17 ta ishlab chiqarish quvvati joylashtirilgan. Joriy yilda bu yerda logistika markazi ish boshlaydi.
Mahsulotlar xorijiy brendlar ostida va ular nazoratida ishlab chiqarilmoqda, ichki va xorijiy bozorlarda ularga talab yuqori. Tovarlar dunyoning 10 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda.
Prezidentlar yetakchi korxonalar kooperatsiyasini, tajriba almashish va texnologiyalar transferini kengaytirish zarurligini ta’kidladilar.