https://oz.sputniknews.uz/20240208/mirziyoev-lukashenko-tor-doira-muzokara-42403094.html
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar o‘tkazdi — kelishuv tafsilotlari
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar o‘tkazdi — kelishuv tafsilotlari
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: O‘zbekiston-Belarus munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga erishdik.
2024-02-08T16:24+0500
2024-02-08T16:24+0500
2024-02-08T17:43+0500
siyosat
o‘zbekiston
belarus
shavkat mirziyoyev
aleksandr lukashenko
metallurgiya
qishloq xo‘jaligi
oziq-ovqat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/08/42401467_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_3586451fda794f0e84ed8c94644d69dc.jpg
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar yanada yuqori bosqichga ko‘tarilganini alohida qayd etdi. Hukumat rahbarlari, parlamentlar, vazirlik va hududlar darajasidagi faol aloqalarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.Savdo-iqtisodiy hamkorlikning ijobiy sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.Aytilishicha, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshdi. Hukumatlar oldiga ushbu ko‘rsatkichni yaqin yillarda 1 milliard dollardan ziyodga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Shu maqsadda qo‘shma tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish, eksport-import yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimini joriy qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.Bundan tashqari, tomonlar yuk tashish uchun qulay sharoit yaratish, xalqaro avtomobilda tashuvchilarni tayyorlash, Janubiy Osiyoning katta bozorlariga eltuvchi multimodal koridorlardan samarali foydalanishga kelishib olishdi.Kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Keyingi yillarda qo‘shma korxonalar soni 4 barobar ko‘paydi.Muzokaralarda davlat rahbarlari kooperatsiyaning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishdi. Bular – qishloq xo‘jaligi, yengil, oziq-ovqat va elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, shaharsozlik, kommunikatsiyalar va boshqalar. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha alohida ishchi guruhlarni shakllantirishga kelishib olindi.Ta’kidlanishicha, oliy va professional ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalarida sheriklikni rivojlantirish dasturlari qabul qilinadi.Belarusning BelTA nashri ma’lum qilishicha, O‘zbekiston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.Qayd etilishicha, Belarus va O‘zbekiston qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi tuzadi.Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda BELAZ yuk mashinalarini qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.Belarus va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikning 110 dan ortiq yo‘nalishini belgilab oldi.O‘z navbatida Aleksandr Lukashenko Belarus sog‘liqni saqlash sohasida O‘zbekistonga yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.Muzokaralar yakunlari bo‘yicha turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga oid ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi.Asosiy hujjatlardan biri 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasi (yo‘l xaritasi) bo‘ldi. Hujjatni Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Leonid Zayas va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xojayev imzoladi.Tomonlar o‘rtasida quyidagi hujjatlar imzolandi:Bundan tashqari, tashrif doirasida 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi hududlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari reja-jadvali imzolandi.
https://oz.sputniknews.uz/20240208/shavkat-mirziyoev-aleksandr-lukashenko-42388505.html
o‘zbekiston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/08/42401467_93:0:1230:853_1920x0_80_0_0_e0017cd5b847c7a9fca58658c78322c1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shvakat mirziyoyev aleksandr lukashenko tor doirada muzokara belaz
shvakat mirziyoyev aleksandr lukashenko tor doirada muzokara belaz
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar o‘tkazdi — kelishuv tafsilotlari
16:24 08.02.2024 (yangilandi: 17:43 08.02.2024) Mirziyoyev: O‘zbekiston-Belarus munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga erishdik.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tor doirada hamda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazishdi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar yanada yuqori bosqichga ko‘tarilganini alohida qayd etdi. Hukumat rahbarlari, parlamentlar, vazirlik va hududlar darajasidagi faol aloqalarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
“Tomonlar xalqaro tuzilmalar, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, MDH, ShHT doirasidagi siyosiy muloqot va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga ahdlashib olishdi”, — deyiladi xabarda.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikning ijobiy sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.
Aytilishicha, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga oshdi. Hukumatlar oldiga ushbu ko‘rsatkichni yaqin yillarda 1 milliard dollardan ziyodga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Shu maqsadda qo‘shma tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish, eksport-import yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimini joriy qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, tomonlar yuk tashish uchun qulay sharoit yaratish, xalqaro avtomobilda tashuvchilarni tayyorlash, Janubiy Osiyoning katta bozorlariga eltuvchi multimodal koridorlardan samarali foydalanishga kelishib olishdi.
Kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Keyingi yillarda qo‘shma korxonalar soni 4 barobar ko‘paydi.
Muzokaralarda davlat rahbarlari kooperatsiyaning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishdi. Bular – qishloq xo‘jaligi, yengil, oziq-ovqat va elektrotexnika sanoati, farmatsevtika, shaharsozlik, kommunikatsiyalar va boshqalar. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha alohida ishchi guruhlarni shakllantirishga kelishib olindi.
Ta’kidlanishicha, oliy va professional ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalarida sheriklikni rivojlantirish dasturlari qabul qilinadi.
“Uchrashuvlar yakunida qabul qilingan qarorlar va imzolangan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash va qabul qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, — deyiladi xabarda.
Belarusning BelTA nashri ma’lum qilishicha, O‘zbekiston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga
muvaffaq bo‘ldi."Biz O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzatmoqdamiz. Siz ajoyib sur’at bilan yuqori tezlikda rivojlanmoqdasiz ”, dedi Aleksandr Lukashenko. – Biz sizning do‘stlaringiz, yaqin aka-ukalaringizdek, doim yoningizdamiz, chunki o‘zbek va belarus xalqlari bir-biriga juda o‘xshash, mehnatkash, bag‘rikeng xalq. Haqiqiy mehnatkashlar. Bu bizning munosabatlarimizning asosidir”.
“Keyingi yillarda biz O‘zbekiston-Belarus munosabatlarining mohiyati va mazmunini tubdan o‘zgartirishga, ularni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga erishdik, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, Belarus va O‘zbekiston qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi tuzadi.
“Yaqin yillarda tovar ayirboshlashni 1 milliard dollardan oshirish chora-tadbirlarini muhokama qildik. Avvalo, import o‘rnini bosish nomenklaturasi va imkoniyatlarining kengayishi bilan bog‘liq. Tizimli o‘zaro yetkazib berishni tashkil etish maqsadida biz Minskda ham, Toshkentda ham qo‘shma tashqi savdo kompaniyasini tuzish, eksportni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini va mahsulotni elektron sertifikatlashtirish tizimini joriy etishga topshiriq berdik”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda BELAZ yuk mashinalarini qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
"Hozir bizga hech narsa to‘sqinlik qilmayapti, biz tog‘-kon-metallurgiya sanoatini kengaytirishga jiddiy yondashapmiz. Bizga BELAZ kerak. Bu yerda allaqachon mahalliylashtirish kerak, qo‘shma korxona kerak. Uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi misni boyitish zavodlarini quramiz. Biz ko‘p yillar davomida muhandislarimiz va o‘rta xodimlarimizni BELAZ yuk mashinalarida ishlashga o‘rgatdik. Nega biz bu BELAZ yuk mashinalarini birgalikda ishlab chiqarmaymiz?”, — deb so‘radi Shavkat Mirziyoyev.
Belarus va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikning 110 dan ortiq yo‘nalishini belgilab oldi.
“Biz sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikning 110 dan ortiq yo‘nalishlarini belgilab oldik. Bular bolalar salomatligi, kardiologiya, onkologiya, gematologiya va boshqalar”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
O‘z navbatida Aleksandr Lukashenko Belarus sog‘liqni saqlash sohasida O‘zbekistonga yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga oid ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolandi.
Asosiy hujjatlardan biri 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha harakatlar rejasi (yo‘l xaritasi) bo‘ldi. Hujjatni Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Leonid Zayas va O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xojayev imzoladi.
Tomonlar o‘rtasida quyidagi hujjatlar imzolandi:
2024-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish elektron tizimlarini qo‘llash to‘g‘risida bitim;
Raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Ilm-fan va ishlab chiqarishda hamkorlik to‘g‘risida bitim;
Toshkent va Minsk shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida bitim;
Energetika sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
Intellektual mulk sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
2024-2025 yillarda sport sohasida hamkorlik dasturi;
2024-2025 yillarda madaniyat va san’at sohasida hamkorlik dasturi;
2024-2025 yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasida hamkorlik dasturi;
2024-2025 yillarda ta’lim sohasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xarita”si;
2024-2026 yillarda agrosanoat majmuida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xarita”si;
O‘simliklar karantini sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi;
2024-2025 yillarda turizm sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.
Bundan tashqari, tashrif doirasida 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi hududlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari reja-jadvali imzolandi.