Og‘ir atletika: o‘zbekistonlik sportchi OChda ham oltin, ham kumush medallarga ega chiqdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitetO‘zbekistonlik og‘ir atlet Sarvarbek Zafarjonov Osiyo chempionatida dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik og‘ir atlet Sarvarbek Zafarjonov Osiyo chempionatida dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik og‘ir atlet Sarvarbek Zafarjonov Osiyo chempionatida dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Sarvarbek Zafarjonov Osiyo chempionatida dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb yozmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining bugungi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli boshlandi.
Erkaklar o‘rtasida -89 kg vazn toifasida kechgan bahslarda Sarvarbek Zafarjonov oltin va kumush medallarga sazovor bo‘ldi.
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet
Pervoe zoloto na ChA ot uzbekskix tajeloatletov - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet
Pervoe zoloto na ChA ot uzbekskix tajeloatletov - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Natsionalniy olimpiyskiy komitet
Pervoe zoloto na ChA ot uzbekskix tajeloatletov - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
“Atletimiz dast ko‘tarishda 167 kg bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Shuningdek, uning ikki kurash bo‘yicha ko‘rsatgan 362 kg natijasi yana bir kumush medalni taqdim qildi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 3-fevral kuni boshlangan. Qit’a birinchiligida Osiyoning 34 ta mamlakatidan 250 nafarga yaqin eng kuchli og‘ir atletikachi ishtirok etishmoqda.
Tajelaya atletika. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2023
Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi
Yangiliklar lentasi
0