Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi

© unsplash/Victor FreitasTajelaya atletika.
Tajelaya atletika. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent 2025-yil yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati mezbonligini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Toshkent yana bir bor og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi, deya xabar berdi Milliy olipmiya qo‘mitasi.
Bugun Qatarda og‘ir atletika bo‘yicha Gran-pri turniri boshlandi. Parij-2024 Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadigan ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Musobaqaning birinchi kunida Jamila Panfilova ishtirokini boshlaydi. -49 kg vazn toifasiga ega atlet “V” guruhida o‘z omadini sinab ko‘radi.
Qayd etilishicha, turnirdan avval Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda yaqin vaqt ichida o‘tadigan yirik musobaqalarga mezbon davlatlar belgilab olindi.
“Toshkent shahri 2025-yil yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati mezbonligini qo‘lga kiritdi. 2018-yil ham yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati poytaxtimizga ishonib topshirilgan va musobaqa yuqori saviyada o‘tkazilgan edi”, — deyiladi xabarda.
2026 yilga belgilangan kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligi esa Xitoyning Ninbo shahrida o‘tadigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati 2024-yil Bahrayn, 2025-yil Norvegiyada tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0