Ilhom Aliyev prezidentlik saylovlarida yetakchilik qilmoqda — uni kimlar tabrikladi ?

© Ofitsialniy sayt prezidenta Azerbaydjana / Mediabankka o‘tishVibori prezidenta Azerbaydjana.
Vibori prezidenta Azerbaydjana.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2024
Obuna bo‘lish
Ilhom Aliyev muddatidan oldin prezidentlik saylovlarida 92,05% ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Ozarbayjonning amaldagi prezidenti Ilhom Aliyev navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida 93,9% ovoz bilan yetakchilik qilmoqda, deya xabar berdi Sputnik Ozarbayjon.
Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi (MSK) 7-fevral kuni respublikada bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ovoz berish jarayonida saylovchilarning 76,73 foizi ishtirok etdi, respublika bo‘yicha 4 million 971 ming 32 nafar fuqaro ovoz berdi.
“Ilhom Aliyev muddatidan oldin prezidentlik saylovlarida 92,05% ovoz bilan yetakchilik qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Ilhom Aliyevning navbatdan tashqari prezidentlik saylovidagi g‘alabasi munosabati bilan turli davlat yetakchilaridan tabriklar kelmoqda. Hozirgacha uni, Xitoy yetakchisi Si Szinpin, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Eron prezidenti Said Ibrohim Raisiy, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Rossiyaning amaldagi prezidenti Vladimir Putin tabriklashga ulgurishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

“Saylovchilar ishtiroki va faolligi yuqori darajada bo‘lganini qayd etib, davlatimiz rahbari qardosh ozarbayjon xalqi davlat kelajagi, kuchli va gullab-yashnagan Ozarbayjon uchun ovoz berib, to‘g‘ri qaror qabul qilganiga ishonch bildirdi”, — deb yozadi prezident matbuot xizmati.

MDH bosh kotibi Sergey Lebedevning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari raqobat va muqobillik asosida o‘tdi.
“Amaldagi prezident Ilhom Aliyevning ishonchli g‘alabasini uning fuqarolar orasidagi inkor etib bo‘lmas obro‘-e’tibori ta’minladi”, — dedi Sergey Lebedev.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 7-fevral kuni Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezident saylovlari o‘tkazildi. Prezidentlikka 7 nomzod ko‘rsatilgan. Mamlakatda 6,3 mingdan ortiq, xorijda 49 ta saylov uchastkasi tashkil etildi.
Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi boshchiligidagi delegatsiya navbatdan tashqari bo‘lib o‘tayotgan Ozarbayjon prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etdi.
Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi munosabati bilan ovoz berish jarayoni tashkil etildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2024
Toshkentda Ozarbayjonning navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida ovoz berishmoqda
Yangiliklar lentasi
0