Toshkentda Ozarbayjonning navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida ovoz berishmoqda

© Posolstvo Azerbaydjanskoy Respubliki v UzbekistaneOzarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi munosabati bilan ovoz berish jarayoni tashkil etildi.
Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi munosabati bilan ovoz berish jarayoni tashkil etildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2024
Obuna bo‘lish
Mamlakatda 6,3 mingdan ortiq, xorijda 49 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi munosabati bilan ovoz berish jarayoni tashkil etildi. Bu haqda elchixona vakili Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Bugun Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezident saylovlari o‘tkazilmoqda. Shu munosabati bilan mamlakatning O‘zbekistondagi elchixonasida ham saylov uchastkasi tashkil etildi.
© Posolstvo Azerbaydjanskoy Respubliki v UzbekistaneOzarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi munosabati bilan ovoz berish jarayoni tashkil etildi.
Izbirateli poluchayut bulleteni dlya golosovaniya na vneocherednix viborax prezidenta Azerbaydjana na izbiratelnom uchastke v posolstve Azerbaydjana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2024
Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi munosabati bilan ovoz berish jarayoni tashkil etildi.
“Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi binosida tashkil etilgan 16-sonli Yasamal ikkinchi saylov okrugiga qarashli 53-saylov uchastkasining eshiklari mahalliy vaqt bilan soat 08:00da ochildi”, — deya ma’lum qildi elchixona.
Qayd etilishicha, 18 yoshga to‘lgan va saylov huquqiga ega, Toshkent shahri va uning atrofida doimiy yoki vaqtincha yashovchi, uzoq muddatli xizmat safarida bo‘lgan Ozarbayjon fuqarolari o‘zlarining amaldagi pasportini ko‘rsatgan holda ovoz berishmoqda.
© Posolstvo Azerbaydjanskoy Respubliki v UzbekistaneOzarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi munosabati bilan ovoz berish jarayoni tashkil etildi.
Izbirateli poluchayut bulleteni dlya golosovaniya na vneocherednix viborax prezidenta Azerbaydjana na izbiratelnom uchastke v posolstve Azerbaydjana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2024
Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasida navbatdan tashqari prezidentlik saylovi munosabati bilan ovoz berish jarayoni tashkil etildi.

“Toshkent shahridagi mazkur saylov uchastkasida ertalabdan boshlab saylovchilar faolligi kuzatilmoqda”, — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Ovoz berish jarayolari soat 20:00 da (Ozarbayjon vaqti bilan soat 19:00 da) yakunlanadi.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qilishicha, Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan komissiyasi raisi boshchiligidagi delegatsiya navbatdan tashqari bo‘lib o‘tayotgan Ozarbayjon prezidenti saylovini kuzatishda ishtirok etmoqda.
"Saylov arafasida va ovoz berish kuni o‘zbekistonlik kuzatuvchilar Boku shahrida hamda respublikaning boshqa hududlarida joylashgan saylov uchastkalarida bo‘lishdi", — deyiladi xabarda.
© SIK UzbekistanaMarkaziy saylov komissiyasi
Delegatsiya respubliki Uzbekistan prinimayet uchastie v nablyudenii za vneocherednimi viborami prezidenta respubliki Azerbaydjan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2024
Markaziy saylov komissiyasi
Shuningdek, MSK vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari xalqaro kuzatuvchi sifatida MDH Ijroiya qo‘mitasi, MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkilotining saylovlarni kuzatish bo‘yicha missiyalari tarkibida qatnashishmoqda.
MDH PA xalqaro kuzatuvchilar guruhi respublika va xorijiy saylov uchastkalarida ovoz berish jarayonini kuzatib bormoqda. MDH PA Kengashi bosh kotibi Dmitriy Kobiskiyning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Ozarbayjonda saylov kampaniyasiga tayyorgarlik eng yuqori saviyada olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, prezidentlikka 7 nomzod ko‘rsatilgan, jumladan, amaldagi davlat rahbari Ilhom Aliyev ham. Mamlakatda 6,3 mingdan ortiq, xorijda 49 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan. Saylovchilar soni qariyb 6,5 mln kishini tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0