O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirlari uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

© Ministerstvo inostrannix del respubliki Belarus Ministri inostrannix del Uzbekistana i Belarusi proveli v Tashkente peregovori
Ministri inostrannix del Uzbekistana i Belarusi proveli v Tashkente peregovori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.02.2024
Obuna bo‘lish
Bugun Toshkentda Belarus va O‘zbekiston mintaqalarining 2-forumi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Belarus TIV matbuot xizmati.
Ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Suhbatdoshlar 7-fevral kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Belarus va O‘zbekiston mintaqalarining 2-forumi ikki mamlakat hududlari o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga muhim hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi”, — deyiladi xabarda.

Forumda Belarus mintaqalari va ishbilarmon doiralarining 150 dan ortiq vakillari ishtirok etadi.
Vazirlar ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi o‘zaro hamkorlikning yuqori darajasini ta’kidlashdi. Jahon miqyosidagi, shuningdek, Yevroosiyo mintaqasidagi vaziyat yuzasidan fikr almashishdi.
Tashqi ishlar idoralari rahbarlari BMT, MDH va ShHT doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tishdi.
Tomonlar xalqaro platformalarda muloqot o‘rnatishga yondashuvlar o‘xshashligini ta’kidlashdi va yanada adolatli dunyo tartibini o‘rnatishga o‘zaro intilishlarini tasdiqlashdi.

“O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirliklari bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarni samarali o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etmoqda. 2024-yil kun tartibi qator tadbirlardan iborat. Biz hamkorlikning kengayib borayotgan kun tartibini ko‘plab sezilarli natijalar bilan boyitishga tayyormiz", deb yozadi Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida.

Aleynik Belarusning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat maqomini olish yo‘lida O‘zbekiston tomonining izchil qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, vazirlar ikki tomonlama tadbirlar va yaqin kelajakdagi tashriflar jadvalini ko‘rib chiqishdi.
Yangiliklar lentasi
0