https://oz.sputniknews.uz/20240207/aleksandr-lukashenko-ozbekistonga-keladi-42380501.html
Aleksandr Lukashenko Toshkentga keladi
Aleksandr Lukashenko Toshkentga keladi
Sputnik O‘zbekiston
Belarus prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
2024-02-07T15:11+0500
2024-02-07T15:11+0500
2024-02-07T15:42+0500
siyosat
o‘zbekiston
belarus
aleksandr lukashenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/07/42381168_0:0:3070:1726_1920x0_80_0_0_fe1d21541d49f90c70bcbf6b8fb52f1a.jpg
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 7-9 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘ladi, deb xabar berdi prezident matbuot xizmati. Qayd etilishicha, tashrif dasturiga muvofiq oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi, ularda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.Professional ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalarida sheriklikni rivojlantirish dasturlari ham muhokama qilinadi.Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.Ma’lumot uchun, tashrif arafasida Toshkent shahrida ikki mamlakat hududlari va tadbirkorlari ishtirokida qator ishbilarmonlik tadbirlari – Hududlararo forum va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20240207/ozbekiston-belarus-2025-yil-1-mlrd-loyiha-42378115.html
o‘zbekiston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/07/42381168_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_19fbad785ba38457063afdaf73eeeaab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
belarus prezidenti o‘zbekiston aleksandr lukashenko
belarus prezidenti o‘zbekiston aleksandr lukashenko
Aleksandr Lukashenko Toshkentga keladi
15:11 07.02.2024 (yangilandi: 15:42 07.02.2024) Belarus prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 7-9 fevral kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘ladi, deb xabar berdi prezident
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, tashrif dasturiga muvofiq oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi, ularda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
"O‘zaro tovar ayirboshlashni oshirish, qishloq xo‘jaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, kommunikatsiyalar va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi", — deyiladi xabarda.
Professional ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalarida sheriklikni rivojlantirish dasturlari ham muhokama qilinadi.
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, tashrif arafasida Toshkent shahrida ikki mamlakat hududlari va tadbirkorlari ishtirokida qator ishbilarmonlik tadbirlari – Hududlararo forum va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga
kelgan edi.