https://oz.sputniknews.uz/20240205/eoii-hamkorlik-rivojlanish-mishustin-42352304.html
YeOIIda hamkorlikning rivojlanish sur’atlarini pasaytirmaslik muhim — Mishustin
YeOIIda hamkorlikning rivojlanish sur’atlarini pasaytirmaslik muhim — Mishustin
Sputnik O‘zbekiston
Mixail Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, ittifoq mamlakatlari yuk tashish hajmini oshiradi, ittifoq doirasida ham, eng yaqin qo‘shnilari bilan ham uzluksiz transchegaraviy logistika texnologiyalarini joriy qiladi.
2024-02-05T16:10+0500
2024-02-05T16:10+0500
2024-02-05T16:10+0500
o‘zbekiston va yeoii
iqtisod
rossiya
yeoii
mixail mishustin
temir yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/05/42352722_0:0:3274:1842_1920x0_80_0_0_32bd2950bd7cf0b0123a84ac32fcac3a.jpg
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) hamkorlikning rivojlantirish sur’atini pasaytirmaslik muhim. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin o‘z o‘rinbosarlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.Bosh vazir o‘rinbosarlari bilan uchrashuvda 2-fevral kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi yakunlari haqida so‘z bordi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida qo‘shma tashabbuslar haqida batafsil so‘z yuritilgan, ularning amalga oshirilishi barcha ishtirokchilar uchun sezilarli natijalar beradi.Ular orasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarini temir yo‘l orqali jadal yetkazib berishni osonlashtirgan Yevroosiyo “Agroekspress” ham bor.Shuningdek, u Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida “beshlik”da elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilinganini aytdi.
https://oz.sputniknews.uz/20240203/eoii-mamlakatlari-hukumat-rahbarlari-olmaotada-majlis-otkazdi-42330830.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/05/42352722_156:0:2887:2048_1920x0_80_0_0_91502d954ee84e1745f4bd56a34699db.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii hamkorlik mixail mishustin yuk tashish hajmi
yeoii hamkorlik mixail mishustin yuk tashish hajmi
YeOIIda hamkorlikning rivojlanish sur’atlarini pasaytirmaslik muhim — Mishustin
Mixail Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, ittifoq mamlakatlari yuk tashish hajmini oshiradi, ittifoq doirasida ham, eng yaqin qo‘shnilari bilan ham uzluksiz transchegaraviy logistika texnologiyalarini joriy qiladi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) hamkorlikning rivojlantirish sur’atini pasaytirmaslik muhim. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin o‘z o‘rinbosarlari bilan uchrashuvda
ma’lum qildi. Bosh vazir o‘rinbosarlari bilan uchrashuvda 2-fevral kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishi yakunlari haqida so‘z bordi.
“Biz sekinlashtirmaslik va barcha sohalarda “Beshlik”dagi hamkorlarimiz bilan kelishuvlar qanday amalga oshirilayotganini diqqat bilan kuzatib borishimiz juda muhim”, — dedi Rossiya bosh vaziri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida qo‘shma tashabbuslar haqida batafsil so‘z yuritilgan, ularning amalga oshirilishi barcha ishtirokchilar uchun sezilarli natijalar beradi.
Ular orasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarini temir yo‘l orqali jadal yetkazib berishni osonlashtirgan Yevroosiyo “Agroekspress” ham bor.
“Biz transport hajmini oshiramiz va ittifoq doirasida ham, eng yaqin qo‘shnilarimiz bilan ham uzluksiz transchegaraviy logistika texnologiyalarini joriy qilamiz. Va, albatta, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish va yangi infratuzilmani qurish davom etadi”, — dedi Mishustin.
Shuningdek, u Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida “beshlik”da elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilinganini aytdi.
“Bizning oldimizda fuqarolar va tadbirkorlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda internet-tijorat bozori faoliyatining yagona qoidalarini yaratish vazifasi turibdi. Umuman olganda, biz raqamli kun tartibidagi masalalarga to‘xtaldik. Biz ittifoq mamlakatlari integratsiyalashgan axborot tizimini takomillashtirish bo‘yicha keyingi ishlarni faollashtirishga kelishib oldik”, — deya qo‘shimcha qildi Mishustin.