YeOII mamlakatlari hukumat rahbarlari Olmaotada majlis o‘tkazdi
11:15 03.02.2024 (yangilandi: 14:11 03.02.2024)
© Pravitelstvenniy portal Respubliki UzbekistanGlavi pravitelstv stran YeAES v Almati
© Pravitelstvenniy portal Respubliki Uzbekistan
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan kuzatuvchi davlat sifatida o‘zaro manfaatli hamkorlikni muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Kecha, 2-fevral kuni Olmaota shahrida Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Hukumat portalida xabar berildi.
Unda Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko, Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov, Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisi Mixail Mishustin, Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari Adilbek Kasimaliyev ishtirok etdi. Kuba bosh vaziri Manuel Marrero Krus videomurojaat bilan qatnashdi.
© Pravitelstvenniy portal Respubliki UzbekistanGlavi pravitelstv stran YeAES v Almati
Glavi pravitelstv stran YeAES v Almati
© Pravitelstvenniy portal Respubliki Uzbekistan
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan kuzatuvchi davlat sifatida o‘zaro manfaatli hamkorlikni muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda.
Hozirgi murakkab sharoitda savdo va hamkorlikda ijobiy dinamika saqlab qolinmoqda. Ittifoqda kuzatuvchi maqomini olgan paytdan boshlab O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi YeOII mamlakatlari bilan qariyb ikki baravar ortgan (2020 yilda - 9,8 milliard dollar, 2023-yilda - 15,9 milliard dollar).
Yig‘ilishda umumiy sa’y-harakatlarni tovar ayirboshlash hajmini oshirish, savdo-iqtisodiy munosabatlarni liberallashtirish, O‘zbekiston va YeOII davlatlari o‘rtasidagi barcha tarif va notarif cheklovlarini olib tashlash hamda to‘liq erkin savdo rejimiga o‘tish, texnik jihatdan tartibga solish tizimlarini birlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga qaratish zarurligi bildirildi.