Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekistonning YeOII bilan tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi?

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Statistika agentligining dastlabki tahliliga ko‘ra, 2023-yilda O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 15,9 milliard dollarni tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 174,1 million dollarga o‘sdi.
O‘zbekiston umumiy tashqi savdo aylanmasida YeOII davlatlarining ulushi 25,4% ni tashkil etadi. O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023-yilda 15,9 milliard dollarni, shundan eksport 5,6 milliard dollarni, import esa 10,4 milliard dollarni tashkil qildi.
2023 yilda O‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi umumiy 62,6 milliard dollarni tashkil etdi va 2022-yilning shu davriga nisbatan 12,1 milliard dollarga yoki 23,9% ga o‘sdi.
“YeOIIga a’zo davlatlar o‘rtasida tovarlar va xizmatlar, migrantlar va kapital harakati erkinligini ta’minlovchi yagona bojxona tizimiga ega umumiy iqtisodiy hudud shakllantirildi”, — deyiladi hujjatda.
O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasining rivojlanishi so‘nggi yillardagi statistik ma’lumotlarda o‘z aksini topmoqda.
Ma’lumot uchun, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar – Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston. 2020-yil dekabr oyidan boshlab O‘zbekiston Moldova va Kuba bilan birga YeOIIda kuzatuvchi maqomiga ega.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0