O‘zbekiston aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirdi

© Unsplash/Jacek DylagSuv jo‘mragi
Suv jo‘mragi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2024
Obuna bo‘lish
Aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi qariyb 3 foizga oshdi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Bu yil O‘zbekiston aholisini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 74,4 foizdan (2022 yil) 77,2 foizga ko‘tarildi. Bu haqda "O‘zsuvta’minot" AJ tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Tadbirda "O‘zsuvta’minot" AJ boshqarma boshlig‘i Anvar Muhamedaliyev o‘tgan yillar davomida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda amalga oshirilgan ishlar natijasi haqida batafsil ma’lumot berdi.
“Maqsadli davlat dasturlari doirasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha 2 ming 598 ta obyektda 11 ming 207 km ichimlik va 593 km oqova suv tarmoqlari hamda 1 ming 740 ta ichimlik suvi va oqova suv inshootlari qurildi va rekonstruksiya qilindi” – dedi u.
U, shuningdek, bu borada bajarilgan bir qator yirik loyihalarga ham to‘xtalib o‘tdi.

“To‘palang” suv ombori manbalari hisobiga ichimlik suv ta’minotini yaxshilash” loyihasi doirasida 1,4 trln so‘m hisobiga 147 km tarmoq tortildi. Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on tumanlarining 273 ta mahallasida istiqomat qiluvchi 1,1 mln nafar aholining (viloyat aholisining 40 foizi) ichimlik suvi ta’minoti va sifati tubdan yaxshilandi. Shu bilan birga, 10 ta suv taqsimlash inshooti va 19 ta oqova suv nasos stansiyalarida, jumladan, Qibray, Toshkent tumanlarida 4 tadan, Zangiota tumanida 2 ta suv taqsimlash inshooti, Guliston shahrida 9 ta, Yangiyer shahrida 6 ta, Shirin va Jizzax shaharlarida 2 tadan oqova suv nasos stansiyalarida qurilish ishlari yakunlanadi” – deya qo‘shimcha qildi u.

Aytilishicha, Andijon viloyati aholisining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 91 foizga, Xorazm viloyatida esa bu ko‘rsatkich 90 foizga yetkazilgan.
Shuningdek, o‘tgan yilda ichimlik va oqova suv xizmatlarini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan "O’zWater" yagona billing tizimi ishga tushirilgan.

"2020 yilda iste’molchilarning to‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshirish ulushi 15 foizni tashkil etgan bo‘lsa, mazkur tizm tufayli 2023-yilda bu ko‘rsatkich 70 foizga yetkazildi” – deya ta’kidladi Muhamedaliyev.

"O‘zsuvta’minot" AJ tomonidan 24/7 rejimida ishlaydigan 12-55 qisqa raqamli “Yagona call markazi” faoliyati ham takomillashtirildi. 2023-yil yanvar-dekabr oylari davomida markazga 145,2 ming murojaat kelib tushgan, shundan 85 foizi ijobiy hal etilgan.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po obsujdeniyu mer sotsialno-ekonomicheskogo razvitiya Surxandarinskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2023
“Suv tekin emas”, degan g‘oyani aholiga singdirish kerak — Prezident
Yangiliklar lentasi
0