https://oz.sputniknews.uz/20231117/suv-tekin-emas-degan-goyani-aholiga-singdirish-kerak--prezident-41101362.html
“Suv tekin emas”, degan g‘oyani aholiga singdirish kerak — Prezident
“Suv tekin emas”, degan g‘oyani aholiga singdirish kerak — Prezident
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Surxondaryodagi majlisda suv tejash masalalariga katta e’tibor qaratib, sohada aniq vazifalarni belgilab berdi. 17.11.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-11-17T19:55+0500
2023-11-17T19:55+0500
2023-11-17T19:55+0500
jamiyat
prezident
shavkat mirziyoyev
surxondaryo
suv
iqtisod
qishloq xo‘jaligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/11/41092212_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_a4407e60c257bb8b6aeda396027d23a8.jpg
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Aholini suv tejashga o‘rgatish, kanallarda suvning behuda sarf bo‘lishini oldini olishga etibor qaratish kerak dedi Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda. Yig‘ilishda suv tanqisligi muammosiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Majlisda aytilishiga ko‘ra, yaqin yigirma yilda Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foiz kamayishi kutilmoqda. Bu suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llashni kengaytirishni talab qiladi. Bugungi kunda bu borada bajarilayotgan ishlar yetarli emas, dedi prezident. Xususan, 1 ming 700 kilometr sug‘orish tarmog‘ining yarmi tuproq o‘zanli bo‘lgani uchun 35% behuda yo‘qolib borayotgani aytib o‘tildi. Ushbu munosabat bilan mutasaddilarga 47 ta kanalni betonlash bo‘yicha ikki yillik dastur ishlab chiqish, suv yo‘qotilishi ko‘p bo‘lgan 6 ta kanalni ta’mirlash, kelgusi yilda “Sherobod magistral” kanalini ta’mirlashga 60 million dollar jalb etib, 90 ming gektar yerlarni tiklash bo‘yicha topshiriq berildi.Undan tashqari, eskirgan nasos stansiyalari ham ortiqcha energiya sarflayotgani aytib o‘tildi. Surxondaryoda 80 foiz yerlar nasos orqali sug‘oriladi. Biroq 52 ta nasosning xizmat muddati 40-yildan oshgan. Oqibatda, suv tannarxi 2 barobar qimmatga tushayapti, yiliga 20 million kilovatt soat elektr behuda sarflanayapti, deyiladi xabarda.
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/11/41092212_172:64:1122:777_1920x0_80_0_0_8926df331be335584eeba0f86f07c2ab.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, prezident, shavkat mirziyoyev, surxondaryo, suv, iqtisod, qishloq xo‘jaligi
jamiyat, prezident, shavkat mirziyoyev, surxondaryo, suv, iqtisod, qishloq xo‘jaligi
“Suv tekin emas”, degan g‘oyani aholiga singdirish kerak — Prezident
Prezident Surxondaryodagi majlisda suv tejash masalalariga katta e’tibor qaratib, sohada aniq vazifalarni belgilab berdi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Aholini suv tejashga o‘rgatish, kanallarda suvning behuda sarf bo‘lishini oldini olishga etibor qaratish kerak dedi Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda.
“Suv tekin emas”, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish, uni mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar va keng jamoatchilik bilan birga kundalik turmush qoidasiga aylantirish lozim, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yig‘ilishda suv tanqisligi muammosiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Majlisda aytilishiga ko‘ra, yaqin yigirma yilda Amudaryo va Sirdaryo oqimi 15 foiz kamayishi kutilmoqda.
Bu suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llashni kengaytirishni talab qiladi. Bugungi kunda bu borada bajarilayotgan ishlar yetarli emas, dedi prezident. Xususan, 1 ming 700 kilometr sug‘orish tarmog‘ining yarmi tuproq o‘zanli bo‘lgani uchun 35% behuda yo‘qolib borayotgani aytib o‘tildi.
Ushbu munosabat bilan mutasaddilarga 47 ta kanalni betonlash bo‘yicha ikki yillik dastur ishlab chiqish, suv yo‘qotilishi ko‘p bo‘lgan 6 ta kanalni ta’mirlash, kelgusi yilda “Sherobod magistral” kanalini ta’mirlashga 60 million dollar jalb etib, 90 ming gektar yerlarni tiklash bo‘yicha topshiriq berildi.
Undan tashqari, eskirgan nasos stansiyalari ham ortiqcha energiya sarflayotgani aytib o‘tildi. Surxondaryoda 80 foiz yerlar nasos orqali sug‘oriladi. Biroq 52 ta nasosning xizmat muddati 40-yildan oshgan. Oqibatda, suv tannarxi 2 barobar qimmatga tushayapti, yiliga 20 million kilovatt soat elektr behuda sarflanayapti, deyiladi xabarda.