https://oz.sputniknews.uz/20240129/surxondaryo-dunyo-eng-katta-sozana-42248926.html
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikilmoqda
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
So‘zana "Boysun bahori” ochiq folklor festivalida namoyish etiladi.
2024-01-29T10:45+0500
2024-01-29T10:45+0500
2024-01-29T11:47+0500
madaniyat
surxondaryo
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0a/33737178_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_7a44b5820e55e26687261c7ec48cabd4.jpg
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikilmoqda, hunarmandlar rekordni yangilashmoqchi, deya xabar berdi respublika "Hunarmand" uyushmasi. Qayd etilishicha, “Boysun bahori” ochiq folklor festivali uchun boysunlik hunarmandlar tomonidan uzunligi 31 metr, eni 5,2 metrni tashkil etadigan milliy so‘zana tikilmoqda.Hozirda alvon matoga surxoncha naqshlar chizmasini tushirish hamda tabiiy usullarda bo‘yalgan kalava iplarni tanlash ishlari olib borilmoqda.Ma’lumot uchun, 2019-yilda Termiz shahrida o‘tkazilgan baxshichilik san’ati festivalida boysunlik hunarmandlar tomonidan tikilgan dunyodagi eng katta so‘zana ilk bor namoyish etilgan. Uning uzunligi 25 metr, eni 6 metr, og‘irligi esa 60 kilogrammni tashkil etadi.Boysun hududida saqlanib qolgan milliy folklor namunalari – YuNESKOning “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi” reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20220509/boysun-bahori-xalqaro-tanlov-goliblari-aniqlandi-24440502.html
surxondaryo
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/0a/33737178_29:0:1166:853_1920x0_80_0_0_6f92e3ec526ad10fb4a313102703bdb8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
so‘zana "boysun bahori” ochiq folklor festivali
so‘zana "boysun bahori” ochiq folklor festivali
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikilmoqda
10:45 29.01.2024 (yangilandi: 11:47 29.01.2024) So‘zana "Boysun bahori” ochiq folklor festivalida namoyish etiladi.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikilmoqda, hunarmandlar rekordni yangilashmoqchi, deya xabar berdi respublika
"Hunarmand" uyushmasi. Qayd etilishicha, “Boysun bahori” ochiq folklor festivali uchun boysunlik hunarmandlar tomonidan uzunligi 31 metr, eni 5,2 metrni tashkil etadigan milliy so‘zana tikilmoqda.
“Naqshinkor milliy so‘zanani tikish uchun “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni sohibasi Malika Podshoyeva boshchiligida 100 nafar mohir kashtado‘z jalb etilgan”, — deyiladi xabarda.
Hozirda alvon matoga surxoncha naqshlar chizmasini tushirish hamda tabiiy usullarda bo‘yalgan kalava iplarni tanlash ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2019-yilda Termiz shahrida o‘tkazilgan baxshichilik san’ati festivalida boysunlik hunarmandlar tomonidan tikilgan dunyodagi eng katta so‘zana ilk bor namoyish etilgan. Uning uzunligi 25 metr, eni 6 metr, og‘irligi esa 60 kilogrammni tashkil etadi.
Boysun hududida saqlanib qolgan milliy folklor namunalari – YuNESKOning “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi” reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan.