“Boysun bahori” xalqaro tanlov g‘oliblari aniqlandi

© SputnikFestival "Boysun baxori"
Festival Boysun baxori  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2022
Obuna bo‘lish
Folklor yo‘nalishida 1-o‘rinni Surxondaryo viloyatidagi “Boysun” folklor-etnografik xalq ansanbli egalladi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. 7-8 may kunlari Boysun tumanidagi Padang qishlog‘ida “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bo‘lib o‘tdi.
Unda dunyoning 30 dan ortiq davlatidan martabali mehmonlar, soha mutaxassislari, sanatkorlar va muxlislar ishtirok etdi.
Turli sport musobaqalari, baxshi-oqinlar tanlovi, ot ustida kurash, chillak, arqon tortish,milliy kurash singari o‘nga yaqin milliy xalq o‘yinlari o‘tkazilib, g‘oliblar taqdirlandi.
Folklor yo‘nalishida:
1-o‘rin. “Boysun” folklor ansanbli (Surxondaryo viloyati);
2-o‘rin. “Jo‘ralar” folklor ansanbli (Xorazm viloyati);
2-o‘rin. “Bibiho” folklor ansanbli (Tojikiston);
3-o‘rin. “Oq machit” folklor ansanbli (Qoraqolpog‘iston)
3-o‘rin. “Ibrat” folklor ansanbli (Qirg‘iziston)
3-o‘rin. “Navoiy” folklor ansanbli (Navoiy viloyati).
Xalq o‘yinlari va tomosha san’ati yo‘nalishida:
1-o‘rin. Jizzax viloyati jamoasi;
2-o‘rin. Surxondaryo viloyati jamoasi;
2-o‘rin. Toshkent viloyati jamoasi;
3-o‘rin. Andijon viloyati jamoasi;
3-o‘rin. Farg‘ona viloyati jamoasi;
3-o‘rin. Navoiy viloyati jamoasi.
G‘olib va sovrindorlarga maxsus diplom, festival ramzi tushurilgan esdalik sovg‘alar, pul mukofotlari topshirildi.
Turizm va madaniy meros vazirligi tamaddun beshigi, tilsimotlar maskani bo‘lgan Boysunni "Turizm tumani", deb e’lon qildi va tuman hokimi Asqarali Jo‘rayevga ushbu yuksak e’tirofning ramziy kalitini topshirdi.
Madaniyat vazirligi xabariga ko‘ra, YuNESKO “ Boysun bahori” xalqaro folklor festivalini o‘z shafeligiga olgan.
Yangiliklar lentasi
0