https://oz.sputniknews.uz/20231219/toshkent-korruptsiya-qarshi-kurash-monument-41637981.html
Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi
Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Kafti ochiq qo‘l ko‘rinishida metalldan ishlangan ushbu monument o‘n ikki metrga teng.
2023-12-19T15:10+0500
2023-12-19T15:10+0500
2023-12-19T15:26+0500
siyosat
o‘zbekiston
qatar
bmt
toshkent
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/13/41636386_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_04cb588033cd5af65a002673e04522e2.jpg
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.Bugun poytaxtdagi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini ifodalovchi monumentning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ishtirok etdi. Tadbirda BMT bosh kotibining yordamchisi Aleksandr Zuyev va xorijiy mamlakatlarning rasmiy shaxslari ham qatnashdi.Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy amaliy tashrif bilan Toshkentda bo‘lib turibdi. Bugun O‘zbekiston va Qatar yetakchilarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi.
https://oz.sputniknews.uz/20231219/ozbekiston-2030-yil-korruptsiya-qarshi-kurashish-milliy-strategiya-41635645.html
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/13/41636386_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_b0d6c2d4e162ceb5ec2aafff3970e8c8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent korrupsiyaga qarshi kurash monument
toshkent korrupsiyaga qarshi kurash monument
Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi
15:10 19.12.2023 (yangilandi: 15:26 19.12.2023) Kafti ochiq qo‘l ko‘rinishida metalldan ishlangan ushbu monument o‘n ikki metrga teng.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi, deya xabar berdi prezident
matbuot xizmati. Bugun poytaxtdagi “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini ifodalovchi monumentning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ishtirok etdi.
Tadbirda BMT bosh kotibining yordamchisi Aleksandr Zuyev va xorijiy mamlakatlarning rasmiy shaxslari ham qatnashdi.
“Kafti ochiq qo‘l ko‘rinishida metalldan ishlangan ushbu o‘n ikki metrlik kompozitsiya halollik, pok amal va niyatlarni, korrupsiyaga nisbatan mutlaq toqatsizlikni, dunyoning barcha mamlakatlarini unga qarshi kurashishda birlashishga chaqiriqni anglatadi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy amaliy tashrif bilan Toshkentda bo‘lib turibdi. Bugun O‘zbekiston va Qatar yetakchilarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi.