Trampning hokimiyatga kelishi AQShning Ukraina bo‘yicha siyosatini o‘zgartirmaydi — Lavrov
“Qandaydir farq bor, deb o‘ylamayman, chunki Rossiya-Amerika munosabatlari, ularning asoslari, shu jumladan, strategik barqarorlik, paritet, o‘zaro ishonch, tekshiruvlar, shaffoflik va boshqalar to‘g‘risidagi barcha kelishuvlarni buzish tendensiyasi mavjud. Bularning barchasi prezident kichik Bush davrida sindirila boshlandi”, — dedi Lavrov Trampning AQSh prezidenti etib saylanishi Ukraina masalasiga ta’sir qiladimi, degan savolga javob berar ekan.
“Ustunlik va jazosizlik hissi chuqurlashmoqda. (Rossiyaning amaldagi prezidenti) Putinning dastlabki ikki muddatda ko‘rsatgan yaxshi niyatlarini e’tiborsiz qoldirishganlar, noto‘g‘ri hisoblaganlar, yaxshilab o‘ylab ko‘rishlari kerak. Aksincha, biz AQShda SSSR parchalanganidan keyin davlatlar olib borgan nomaqbul siyosatdan birorta ham saboq olmagan siyosatchilarning hozirgi avlodini ko‘rapmiz”, — deya ta’kidladi Lavrov.