https://oz.sputniknews.uz/20240123/ozbekistonn-tashqi-savdo-aylanmasi-42169695.html
O‘zbekistonning 2023-yildagi tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi - tafsilotlar
O‘zbekistonning 2023-yildagi tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi - tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
2023 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasi (TSA) 62,6 milliard dollarni tashkil etdi va 2022-yilning shu davriga nisbatan 12,1 milliard dollarga yoki 23,9 foizga o‘sdi. Bu Respublika Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.Umumiy savdo aylanmasidan eksport 24,4 mlrd dollarni (2023 yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra 23,8 foizga o‘sish qayd etilgan), import esa 38,1 milliard dollarni (24% ga o‘sish) tashkil etdi. Natijada TSA saldosi manfiy bo‘lib chiqdi va 13,7 milliard dollarni tashkil qildi.
2024-01-23T18:51+0500
2024-01-23T18:51+0500
2024-01-23T21:19+0500
analitika
iqtisod
o‘zbekiston
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0c/36808484_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_d723adf75027fcb35e111f0f2517fc38.jpg
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasi (TSA) 62,6 milliard dollarni tashkil etdi va 2022-yilning shu davriga nisbatan 12,1 milliard dollarga yoki 23,9 foizga o‘sdi. Bu mamlakat Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.Umumiy savdo aylanmasidan eksport 24,4 mlrd dollarni (2023 yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra 23,8 foizga o‘sish qayd etilgan), import esa 38,1 milliard dollarni (24% ga o‘sish) tashkil etdi. Natijada TSA saldosi manfiy bo‘lib chiqdi va 13,7 milliard dollarni tashkil qildi.O‘zbekiston bugungi kunda dunyoning 198 davlati bilan savdo aloqalarini o‘rnatgan. Savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy bilan (21,9%) qayd etildi. Keyingi o‘rinda 15,8% bilan Rossiya.O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 20,6 milliard dollarga yetdi. Shundan eksport hajmi 8,1 mlrd dollarni, import hajmi esa 12,4 mlrd dollarni tashkil etdi.O‘zbekiston hududlari sharoitida tashqi savdo aylanmasining hajmi va o‘sish sur’ati bo‘yicha Toshkent shahrida salmoqli ulush qayd etildi – umumiy hajmning 38,8 foizi yoki 24,3 milliard dollar, eng kam ulush esa Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keldi — 0,5% yoki 325,2 million dollar.O‘zbekiston eksportiEksportorlar soni 7255 taga yetdi, mahsulot va xizmatlar eksporti hajmi esa 16,2 milliard dollarini (nomonetar oltindan tashqari) tashkil etdi va 2022-yilning shu davriga nisbatan 4,5 foizga o‘sdi.Eksport tarkibi:MDH davlatlari va boshqa xorijiy davlatlar orasida 2023-yilda O‘zbekistonning tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlari Rossiya (13,5%), Xitoy (10,1%), Qozog‘iston (5,6%), Turkiya (5,1%) Afg‘oniston (3,5%), Qirg‘iziston (2,6%) va Tojikiston (2,5%) va boshqa mamlakatlar bo‘ldi.Yigirmata yirik hamkor davlatlar orasida tovarlar va xizmatlar eksporti hajmi va o‘sish sur’atlari bo‘yicha Rossiya birinchi o‘rinda turadi. Bu sur’atlar 5 foizga o‘sdi, bir qator davlatlar ulushi esa kamaydi. Masalan, Xitoy — 6,5%, Qozog‘iston — 2,5%, Turkiya — 24% ga kamayish kuzatildi.Shuningdek, Rossiya 37% ulush bilan meva va sabzavotlarning asosiy eksport bozori hisoblanadi — 611,4 ming tonna (437,4 million dollar). Bu reytingda ikkinchi o‘rinda turadigan Pokistonga eksport hajmidan 2,2 baravar ko‘p.2023 yilda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti tarkibida 65 ta davlatga 639 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi.Xizmatlar eksporti hajmi 2023-yil yakuniga ko‘ra o‘sib, 5,2 milliard dollarni yoki savdo eksporti umumiy hajmining 21,2 foizini tashkil qildi. Eksport xizmatlarining yo‘nalishlar bo‘yicha ulushi:Shu bilan birga, boshqa xizmatlar (3,8%) bo‘yicha eng katta ulush mos ravishda sug‘urta va pensiya xizmatlari (1,6%), moliyaviy xizmatlar (1,2%), davlat mahsulotlari va xizmatlari (0,5%) va boshqalarga to‘g‘ri keladi.O‘zbekiston importiHisobot davrida import 38,1 mlrd dollarni tashkil etdi (2022 yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’atlarining o‘sishi 24% ni tashkil etdi).Import tarkibi:2023 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonga dunyoning 179 davlatidan tovar va xizmatlar import qilindi. Importning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i Xitoy (29,5%), Rossiya (17,2%), Qozog‘iston (7,9%), Koreya Respublikasi (6%), Turkiya (4,9%) va boshqa mamlakatlar kabi yirik hamkor davlatlarga to‘g‘ri keladi.O‘zbekistonning yigirmata importor davlatlari orasida Rossiya Federatsiyasi 5,5% o‘sish sur’ati bilan Xitoydan (75,2%) keyin ikkinchi o‘rinda turadi.2023 yilda xizmatlar importi hajmi 2,6 milliard dollarni yoki uning umumiy hajmining 6,7 foizini tashkil etdi va 2022-yilning shu davriga nisbatan 1,6 foizga kamaydi. Import qilingan xizmatlarning yo‘nalishlar bo‘yicha ulushi:Import tarkibida sanoat mahsulotlari hajmi 6,3 milliard dollarga yetdi va 2022-yilning shu davriga nisbatan 10 foizga oshdi, importning umumiy hajmidagi ulushi 16,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlarining asosiy importi cho‘yan va po‘lat, metall buyumlar, to‘qimachilik iplari, gazlamalar, tayyor mahsulotlar, rezina buyumlar va boshqalardan iborat.
https://oz.sputniknews.uz/20240109/ozbekiston-hudud-kichik-tadbirkorlik-41980726.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0c/36808484_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_a68e19d0d554d7c8f271ef06ca4b3d04.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi ma’lumot statistika asosiy hamkorlar
o‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi ma’lumot statistika asosiy hamkorlar
O‘zbekistonning 2023-yildagi tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi - tafsilotlar
18:51 23.01.2024 (yangilandi: 21:19 23.01.2024) O‘zbekistondagi eksport hajmi va o‘sish sur’atlari bo‘yicha Rossiya 5% ga o‘sish bilan reytingda birinchi o‘rinda turadi. Import — 5,5% o‘sish ko‘rsatkichiga ega.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistonda tashqi savdo aylanmasi (TSA) 62,6 milliard dollarni tashkil etdi va 2022-yilning shu davriga nisbatan 12,1 milliard dollarga yoki 23,9 foizga o‘sdi. Bu mamlakat Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
Umumiy savdo aylanmasidan eksport 24,4 mlrd dollarni (2023 yilning yanvar-dekabr holatiga ko‘ra 23,8 foizga o‘sish qayd etilgan), import esa 38,1 milliard dollarni (24% ga o‘sish) tashkil etdi. Natijada TSA saldosi manfiy bo‘lib chiqdi va 13,7 milliard dollarni tashkil qildi.
O‘zbekiston bugungi kunda dunyoning 198 davlati bilan savdo aloqalarini o‘rnatgan. Savdo aylanmasining eng katta hajmi Xitoy bilan (21,9%) qayd etildi. Keyingi o‘rinda 15,8% bilan Rossiya.
O‘zbekistonning MDH davlatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 20,6 milliard dollarga yetdi. Shundan eksport hajmi 8,1 mlrd dollarni, import hajmi esa 12,4 mlrd dollarni tashkil etdi.
O‘zbekiston hududlari sharoitida tashqi savdo aylanmasining hajmi va o‘sish sur’ati bo‘yicha Toshkent shahrida salmoqli ulush qayd etildi – umumiy hajmning 38,8 foizi yoki 24,3 milliard dollar, eng kam ulush esa Surxondaryo viloyatiga to‘g‘ri keldi — 0,5% yoki 325,2 million dollar.
Eksportorlar soni 7255 taga yetdi, mahsulot va xizmatlar eksporti hajmi esa 16,2 milliard dollarini (nomonetar oltindan tashqari) tashkil etdi va 2022-yilning shu davriga nisbatan 4,5 foizga o‘sdi.
tovarlar — 78,8% (shundan sanoat — 16,6%)
oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 7,3%,
mashina va transport uskunalari — 5,3%.
MDH davlatlari va boshqa xorijiy davlatlar orasida 2023-yilda O‘zbekistonning tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlari Rossiya (13,5%), Xitoy (10,1%), Qozog‘iston (5,6%), Turkiya (5,1%) Afg‘oniston (3,5%), Qirg‘iziston (2,6%) va Tojikiston (2,5%) va boshqa mamlakatlar bo‘ldi.
Yigirmata yirik hamkor davlatlar orasida tovarlar va xizmatlar eksporti hajmi va o‘sish sur’atlari bo‘yicha Rossiya birinchi o‘rinda turadi. Bu sur’atlar 5 foizga o‘sdi, bir qator davlatlar ulushi esa kamaydi. Masalan, Xitoy — 6,5%, Qozog‘iston — 2,5%, Turkiya — 24% ga kamayish kuzatildi.
Shuningdek, Rossiya 37% ulush bilan meva va sabzavotlarning asosiy eksport bozori hisoblanadi — 611,4 ming tonna (437,4 million dollar). Bu reytingda ikkinchi o‘rinda turadigan Pokistonga eksport hajmidan 2,2 baravar ko‘p.
2023 yilda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti tarkibida 65 ta davlatga 639 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi.
Xizmatlar eksporti hajmi 2023-yil yakuniga ko‘ra o‘sib, 5,2 milliard dollarni yoki savdo eksporti umumiy hajmining 21,2 foizini tashkil qildi. Eksport xizmatlarining yo‘nalishlar bo‘yicha ulushi:
sayohatlar (turizm) — 41,4%
telekommunikatsiya, kompyuter va axborot — 8,5%
Shu bilan birga, boshqa xizmatlar (3,8%) bo‘yicha eng katta ulush mos ravishda sug‘urta va pensiya xizmatlari (1,6%), moliyaviy xizmatlar (1,2%), davlat mahsulotlari va xizmatlari (0,5%) va boshqalarga to‘g‘ri keladi.
Hisobot davrida import 38,1 mlrd dollarni tashkil etdi (2022 yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’atlarining o‘sishi 24% ni tashkil etdi).
mashina va transport uskunalari — 39,2%
sanoat mahsulotlari — 16,6%
kimoviy moddalar va shunga o‘xshash mahsulotlar — 12,8%
2023 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonga dunyoning 179 davlatidan tovar va xizmatlar import qilindi. Importning uchdan ikki qismidan ko‘prog‘i Xitoy (29,5%), Rossiya (17,2%), Qozog‘iston (7,9%), Koreya Respublikasi (6%), Turkiya (4,9%) va boshqa mamlakatlar kabi yirik hamkor davlatlarga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonning yigirmata importor davlatlari orasida Rossiya Federatsiyasi 5,5% o‘sish sur’ati bilan Xitoydan (75,2%) keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
2023 yilda xizmatlar importi hajmi 2,6 milliard dollarni yoki uning umumiy hajmining 6,7 foizini tashkil etdi va 2022-yilning shu davriga nisbatan 1,6 foizga kamaydi. Import qilingan xizmatlarning yo‘nalishlar bo‘yicha ulushi:
sayohat va turizm (52,2%)
telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari (9,3%)
Import tarkibida sanoat mahsulotlari hajmi 6,3 milliard dollarga yetdi va 2022-yilning shu davriga nisbatan 10 foizga oshdi, importning umumiy hajmidagi ulushi 16,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlarining asosiy importi cho‘yan va po‘lat, metall buyumlar, to‘qimachilik iplari, gazlamalar, tayyor mahsulotlar, rezina buyumlar va boshqalardan iborat.