https://oz.sputniknews.uz/20240123/ozbekistonda-milliy-havo-sifati-standartlari-ishlab-chiqiladi-42155323.html
O‘zbekistonda milliy havo sifati standartlari ishlab chiqiladi
O‘zbekistonda milliy havo sifati standartlari ishlab chiqiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda atmosfera havosi sifati monitoringi bo‘yicha milliy platforma va mobil ilovani ishlab chiqishga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda.
2024-01-23T11:21+0500
2024-01-23T11:21+0500
2024-01-23T12:46+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent ob-havo
jsst
ekologiya
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/12/29229936_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_c0ea813da87b33ef318092c0106e2213.jpg
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda milliy havo sifati standartlari ishlab chiqiladi, deya xabar berdi Ekologiya vazirligi.O‘tgan yili loyiha doirasida Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholining atmosfera havosi ifloslanishidan kasallanish darajasini o‘rganish boshlandi.Qayd etilishicha, Toshkent atmosferasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan 15 ta avtomatik stansiya orqali monitoring qilinadi. Monitoring davomida havodagi chang, oltingugurt dioksidi, azot dioksidi, azot oksidi, uglerod oksidi, fenol, ftor vodorod, ammiak, formaldegid, og‘ir metallar, PM10 va PM2,5 mayda zarralari kuzatiladi.Atmosferaning ifloslanishi haqidagi ma’lumotlar Ekologiya vazirligining saytiga integratsiya qilindi. Bu ma’lumotlar, shuningdek, IQAir saytida veb-saytida hamda “O‘zgidromet”ning monitoring platformasida ham berib boriladi. Saytdagi havoning ifloslanishi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘rsatmalari (JSST) bilan taqqoslanadi. O‘zbekistonning katta hududi chang bo‘ronlarining salbiy ta’siriga uchragan — Aziz AbduhakimovUnga ko‘ra, PM 2,5 ning o‘rtacha yillik miqdori 5 mkg/m3, o‘rtacha sutkalik miqdori 15 mkg/m3. Dunyoning hech bir mamlakatidagi ko‘rsatkichlar JSST tavsiya etgan standartlarga muvofiq emas, ko‘p davlatlar o‘z milliy standartlarini qabul qilgan.Respublikada atmosfera havosining ifloslanish darajasining joriy ko‘rsatkichi ma’lum bir hudud uchun ustuvor ifloslantiruvchi moddalardan kelib chiqqan holda hisoblangan Atmosfera ifloslanishining kompleks indeksi (AII) hisoblanadi.JSST tavsiyalariga ko‘ra, havoning ifloslanishi salomatlik uchun xavfli bo‘lib, insult, yurak-qon tomir kasalliklari, nafas olish tizimi xastaliklari va o‘pka saratonini keltirib chiqaradi.
https://oz.sputniknews.uz/20231119/toshkent-havosi-ayanchli-ahvol-iqlimshunos-41124253.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/12/29229936_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_ddc098b41401b89d9cff65e84082a767.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston atmosfera havosi monitoring milliy havo sifati standartlari
o‘zbekiston atmosfera havosi monitoring milliy havo sifati standartlari
O‘zbekistonda milliy havo sifati standartlari ishlab chiqiladi
11:21 23.01.2024 (yangilandi: 12:46 23.01.2024) O‘zbekistonda atmosfera havosi sifati monitoringi bo‘yicha milliy platforma va mobil ilovani ishlab chiqishga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda milliy havo sifati standartlari ishlab chiqiladi, deya xabar berdi
Ekologiya vazirligi. "Ayni damda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda atmosfera havosi sifati monitoringi bo‘yicha milliy platforma va mobil ilovani ishlab chiqishga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda. Unga ko‘ra, havodagi mayda zarrachalar miqdori va ularning aholiga ta’siri bo‘yicha milliy havo sifati standartlari ishlab chiqiladi”, — deyiladi xabarda.
O‘tgan yili loyiha doirasida Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholining atmosfera havosi ifloslanishidan kasallanish darajasini o‘rganish boshlandi.
Qayd etilishicha, Toshkent atmosferasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan 15 ta avtomatik stansiya orqali monitoring qilinadi. Monitoring davomida havodagi chang, oltingugurt dioksidi, azot dioksidi, azot oksidi, uglerod oksidi, fenol, ftor vodorod, ammiak, formaldegid, og‘ir metallar, PM10 va PM2,5 mayda zarralari kuzatiladi.
Atmosferaning ifloslanishi haqidagi ma’lumotlar Ekologiya vazirligining saytiga
integratsiya qilindi. Bu ma’lumotlar, shuningdek,
IQAir saytida veb-saytida hamda “O‘zgidromet”ning monitoring platformasida ham
berib boriladi. Saytdagi havoning ifloslanishi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘rsatmalari (JSST) bilan taqqoslanadi.
"JSSTning tavsiyalari qat’iy, ammo respublikaning geografik va iqlimiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bunday ko‘rsatkichlarga erishish qiyin", — deyiladi xabarda.
Unga ko‘ra, PM 2,5 ning o‘rtacha yillik miqdori 5 mkg/m3, o‘rtacha sutkalik miqdori 15 mkg/m3. Dunyoning hech bir mamlakatidagi ko‘rsatkichlar JSST tavsiya etgan standartlarga muvofiq emas, ko‘p davlatlar o‘z milliy standartlarini qabul qilgan.
Respublikada atmosfera havosining ifloslanish darajasining joriy ko‘rsatkichi ma’lum bir hudud uchun ustuvor ifloslantiruvchi moddalardan kelib chiqqan holda hisoblangan Atmosfera ifloslanishining kompleks indeksi (AII) hisoblanadi.
“Keyingi yillarda havoning ifloslanish darajasi ortib bormoqda. Shuningdek, Toshkent shahrining atmosfera havosidagi chang miqdori bo‘yicha ruxsat etilgan maksimal konsentratsiyadan 1,3 baravar oshib ketgan. Shu bilan birga, 2023-yilda Toshkent shahridagi havo ifloslanishini avtomatik nazorat qiluvchi stansiyalar ma’lumotlariga ko‘ra, IQAir veb-sayti shkalasiga ko‘ra, eng ifloslangan oy yanvar oyi bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.
JSST tavsiyalariga ko‘ra, havoning ifloslanishi salomatlik uchun xavfli bo‘lib, insult, yurak-qon tomir kasalliklari, nafas olish tizimi xastaliklari va o‘pka saratonini keltirib chiqaradi.