https://oz.sputniknews.uz/20240123/ozbekiston-xitoy-hosildorlik-yangi-texnologiyalar-42159797.html
O‘zbekistonda Xitoyning hosildorlikni oshirish bo‘yicha yangi texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekistonda Xitoyning hosildorlikni oshirish bo‘yicha yangi texnologiyalari joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Pekinda O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.
2024-01-23T14:40+0500
2024-01-23T14:40+0500
2024-01-23T14:40+0500
jamiyat
xitoy
o‘zbekiston
qishloq
qishloq xo‘jaligi vazirligi
baliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1d/38366035_0:154:3053:1871_1920x0_80_0_0_9335a45afa9c4a3553b030b64c882f2b.jpg
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Xitoyning hosildorlikni oshirish bo‘yicha yangi texnologiyalari O‘zbekistonda ham joriy etiladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirining matbuot kotibi Dilshod Nazirov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.Pekinda O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.Qayd etilishicha, yangi texnologiyalarning O‘zbekistonga kirib kelishi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, g‘o‘za seleksiyasi, umuman chigitdan olinadigan mahsulot turlarini kengaytirish bo‘yicha alohida loyiha va qo‘shma laboratoriya qurish hamda qo‘ziqorin yetishtirishni mamlakatda joriy etish bo‘yicha Xitoy tajribasi o‘rganilmoqda.Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy o‘zaro tovar aylanmasi qariyb 40 foizga oshdi. Investitsion loyihalar 5 barobarga, qo‘shma hamkorlik korxonalari soni 3 barobarga ko‘paygan.Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdiIqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga ko‘ra, 2022-yilda Xitoyning investitsiyalari 1,67 milliard dollarni (to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya – 739 mln dollar), 2023-yil yanvar-sentabr oylarida Xitoyning O‘zbekistonga investitsiyalarining umumiy hajmi 2,22 milliard dollarni (to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya – 1,01 milliard dollar) tashkil etgan.2022 yilda O‘zbekistonning Xitoyga eksport qilinadigan asosiy tovarlari meva-sabzavot (5 foiz), tabiiy gaz (35 foiz), ip-kalava va ipak (11 foiz), mis va undan tayyorlangan buyumlar (14 foiz), plastmassa va ulardan tayyorlangan buyumlar (2%) bo‘ldi.
xitoy
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/1d/38366035_177:0:2877:2025_1920x0_80_0_0_1ffc8e4cd87c5f9a5dd7aecf4de5a734.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
pekin o‘zbekiston-xitoy agrar ta’lim forumi
pekin o‘zbekiston-xitoy agrar ta’lim forumi
O‘zbekistonda Xitoyning hosildorlikni oshirish bo‘yicha yangi texnologiyalari joriy etiladi
Pekinda O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. Xitoyning hosildorlikni oshirish bo‘yicha yangi texnologiyalari O‘zbekistonda ham joriy etiladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirining matbuot kotibi Dilshod Nazirov
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Pekinda O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.
“Xitoyning keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, oziq-ovqat xavfsizligi yo‘nalishidagi qo‘lga kiritgan yutuqlari, hosildorlikni oshirishga xizmat qiladigan yangi texnologiyalarini O‘zbekistonda ham joriy etish borasida kelishuvlar imzolandi”, — deydi Nazirov.
Qayd etilishicha, yangi texnologiyalarning O‘zbekistonga kirib kelishi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, g‘o‘za seleksiyasi, umuman chigitdan olinadigan mahsulot turlarini kengaytirish bo‘yicha alohida loyiha va qo‘shma laboratoriya qurish hamda qo‘ziqorin yetishtirishni mamlakatda joriy etish bo‘yicha Xitoy tajribasi o‘rganilmoqda.
“Baliqchilik sohasida Xitoyda juda ham katta maktab mavjud. Ayniqsa, baliq kasalligiga qarshi kurashishning yangi texnologiyalari, umuman hayvon kasalliklarini oldini olish borasida vaksinaga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan”, — deya qo‘shimcha qildi Nazirov.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy o‘zaro tovar aylanmasi qariyb 40 foizga oshdi. Investitsion loyihalar 5 barobarga, qo‘shma hamkorlik korxonalari soni 3 barobarga ko‘paygan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga ko‘ra, 2022-yilda Xitoyning investitsiyalari 1,67 milliard dollarni (to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya – 739 mln dollar), 2023-yil yanvar-sentabr oylarida Xitoyning O‘zbekistonga investitsiyalarining umumiy hajmi 2,22 milliard dollarni (to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya – 1,01 milliard dollar) tashkil etgan.
2022 yilda O‘zbekistonning Xitoyga eksport qilinadigan asosiy tovarlari meva-sabzavot (5 foiz), tabiiy gaz (35 foiz), ip-kalava va ipak (11 foiz), mis va undan tayyorlangan buyumlar (14 foiz), plastmassa va ulardan tayyorlangan
buyumlar (2%) bo‘ldi.