Dunyo halokatli zombi virusi tufayli yangi pandemiyaga duch kelishi mumkin – OAV

© iStock / koto_fejaIllyustratsiya virusa
Illyustratsiya virusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2024
Obuna bo‘lish
Global isish ularni yuzaga chiqarib yuborishi va masalan, poliomiyelitning qadimgi shaklini keltirib chiqarishi mumkin.
TOShKENT, 22 yanv – Sputnik. Global isish olimlar abadiy muzloqlardan topgan qadimgi Sibir viruslarining yuzaga chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Guardian” yozmoqda.
“Ushbu “Mafusail mikroblari” shtammlari – yoki zombi viruslari ham deyiladi – tadqiqotchilar tomonidan allaqachon ta’kidlangan”, — deyiladi maqolada.
Ilmiy hamjamiyat vakillari uzoq o‘tmishdagi xavfli infeksiya global miqyosda yangi epidemiyani qo‘zg‘atishi mumkinligidan xavfsiramoqda. Hozirda ular qadimiy mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan kasalliklarning dastlabki holatlarini aniqlaydigan Arktika monitoringi tarmog‘ini yaratishni rejalashtirishga kirishgan, deb aniqlik kiritadi nashr.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ular abadiy muzloqlarda qanday viruslar yashiringanini aniq bilishmaydi, ammo global isish ularni yuzaga chiqarib yuborishi va masalan, poliomiyelitning qadimgi shaklini keltirib chiqarishi mumkin.
Eks-Marsel universitetidan genetik olim Jan-Mishel Klaveri 2014-yilda shunga o‘xshash tajribani o‘tkazgan edi. Bir guruh olimlar bilan birgalikda u Sibir viruslarini aniqlab, ular o‘n minglab yillar davomida abadiy muzliklarda ko‘milgan bo‘lishiga qaramay, bir hujayrali organizmlarga kasallik yuqtirish qobiliyatiga ega ekanligini isbotlagan.
Klaverining so‘zlariga ko‘ra, Arktikada sanoat rivojlanishi muzning erishi bilan birgalikda juda ko‘p patogen mikroorganizmlarning tarqalishiga olib keladi. Ushbu mintaqada konchilik bilan shug‘ullanadigan odamlar viruslar ta’siriga uchraydi. Buning oqibatlari halokatli bo‘lishi mumkin, deb xulosa qildi fransuz genetiki.
Emblema Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya na dverax shtab-kvartiri v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2024
JSST noma’lum epidemiyaga oldindan jiddiy hozirlik ko‘rmoqda
Yangiliklar lentasi
0