https://oz.sputniknews.uz/20240122/xitoy-ozbekiston-xalqaro-matematika-markaz-42136024.html
Xitoy O‘zbekistonga hamkorlikda xalqaro matematika markazini ochishni taklif qildi
Xitoy O‘zbekistonga hamkorlikda xalqaro matematika markazini ochishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Pekin Universiteti Kengashi raisi Xao Ping bilan uchrashdi.
2024-01-22T15:46+0500
2024-01-22T15:46+0500
2024-01-22T15:48+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
ta’lim
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/16/42136356_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_029d0a6c3c77c42118d9e43944fb6fc9.jpg
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Xitoy O‘zbekistonga hamkorlikda Markaziy Osiyo matematika markazini tashkil etish taklifini berdi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi. Xitoy safarida bo‘lib turgan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Pekin universiteti kengashi raisi Xao Ping bilan uchrashdi. Unda Pekin universiteti bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.Karimovning qayd etishicha, xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallari soni 30 dan oshdi. U Pekin universitetining filialini respublikada ochish taklifini ilgari surdi.Xao Pingning so‘zlariga ko‘ra, Pekin universitetining xorijiy davlatlarda hozirgacha birorta filiali mavjud emas. Bu amaliyotni O‘zbekistonda joriy etish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.O‘zbekiston tomoni Pekin universiteti qoshida O‘zbek tili markazini tashkil etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon etdi. Mazkur markazga o‘zbek filolog-olimlari, pedagog-mutaxassislarni taklif etish, markazga uslubiy yordam berishga tayyorligini bildirdi.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/16/42136356_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_2f983d3cf0d4a6b5ab934e896e1433a6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari komiljon karimov pekin universiteti kengashi raisi xao ping
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari komiljon karimov pekin universiteti kengashi raisi xao ping
Xitoy O‘zbekistonga hamkorlikda xalqaro matematika markazini ochishni taklif qildi
15:46 22.01.2024 (yangilandi: 15:48 22.01.2024) Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Pekin Universiteti Kengashi raisi Xao Ping bilan uchrashdi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Xitoy O‘zbekistonga hamkorlikda Markaziy Osiyo matematika markazini tashkil etish taklifini berdi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova
ma’lum qildi. Xitoy safarida bo‘lib turgan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov Pekin universiteti kengashi raisi Xao Ping bilan uchrashdi. Unda Pekin universiteti bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Karimovning qayd etishicha, xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallari soni 30 dan oshdi.
U Pekin universitetining filialini respublikada ochish taklifini ilgari surdi.
Xao Pingning so‘zlariga ko‘ra, Pekin universitetining xorijiy davlatlarda hozirgacha birorta filiali mavjud emas. Bu amaliyotni O‘zbekistonda joriy etish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.
“O‘z navbatida u o‘zbek matematika maktabining dunyo ilmiy jamoatchiligi orasida katta nufuzga ega ekanini inobatga olgan holda, O‘zbekiston-Xitoy Xalqaro Markaziy Osiyo matematika markazini tashkil etish taklifini berdi. Shuningdek, iqtisodiyotning real sektoridagi kadrlar yetishmovchiligini inobatga olib, O‘zbekiston-Xitoy muhandislik maktabini ochish ham ikki davlat iqtisodiyotini rivojlantirishiga xizmat qilishini qayd etdi”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston tomoni Pekin universiteti qoshida O‘zbek tili markazini tashkil etish bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon etdi. Mazkur markazga o‘zbek filolog-olimlari, pedagog-mutaxassislarni taklif etish, markazga uslubiy yordam berishga tayyorligini bildirdi.