Saudiya Arabistoni Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish shartlarini aytdi

© Sputnik / Mihail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishFlagi Saudovskoy Aravii na odnoy iz ulis goroda Djidda
Flagi Saudovskoy Aravii na odnoy iz ulis goroda Djidda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2024
Obuna bo‘lish
Qirollik tashqi ishlar vaziri: barqarorlik faqat Falastin masalasini hal qilish bilan birga keladi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Saudiya Arabistoni Isroil bilan munosabatlarni Falastin davlatchiligiga olib keladigan "ishonchli va qaytarib bo‘lmaydigan" tinchlik jarayonisiz normallashtirishga rozi bo‘lmaydi. Bu haqda qirollik tashqi ishlar vaziri Feysal bin Farxon Al Saud CNN telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.

“Mintaqada haqiqiy tinchlikka, haqiqiy barqarorlikka va barchamizga, shu jumladan, Isroilga ham iqtisodiy va ijtimoiy foyda keltiradigan haqiqiy integratsiyaga olib boradigan yo‘l <...> Falastin davlatiga olib boradigan ishonchli va qaytarib bo‘lmaydigan jarayondir. Biz – nafaqat Saudiya Arabistoni, balki butun arab davlatlari – bu suhbatda ishtirok etishga to‘liq tayyormiz. Umid qilamanki, isroilliklar ham tayyor, ammo o‘zlari hal qiladi”, — dedi u.

Aytilgan gaplar bu shart bajarilmasa, normalizatsiya bo‘lmaydi, degan savolga vazir ijobiy javob berdi.

“Faqat shundagina biz foyda olishimiz mumkin. Demak, ha. Bizga barqarorlik kerak, barqarorlik faqat Falastin masalasini hal qilish bilan birga keladi”, — dedi u.

AQSh prezidenti Jo Bayden avvalroq Isroil va Saudiya Arabistoni ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirish arafasida ekanini, biroq bu jarayon Falastinning HAMASning yahudiy davlatining janubiy hududlariga hujumi va Isroilning G‘azo sektoridagi keyingi harbiy amaliyoti tufayli to‘xtatilganini aytgan edi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yaqinda amerikaliklarga uning Falastin davlatchiligiga qarshiligi o‘zgarishsiz qolayotganini tasdiqladi.
Yangiliklar lentasi
0