Afg‘onistonda halokatga uchragan samolyot qanday parvozni amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Mediabankka o‘tishPassajirskiy samolet v nebe nad Moskvoy
Passajirskiy samolet v nebe nad Moskvoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi halokat yuzasidan jinoiy ish ochdi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Afg‘onistonda halokatga uchragan samolyot Tailandning Pattaya shahridan Moskvaga ikkita texnik qo‘nish bilan shaxsiy tibbiy evakuatsiya parvozini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Bu haqda Pattaya kurort shahridan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Utapao aeroportidagi manbaga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
“Bu ikki texnik qo‘nish bilan Moskvaga yo‘l olgan xususiy tibbiy evakuatsiya reysi edi. Samolyot bortida Pattayadagi shifoxonalardan biridan Rossiyaga olib ketilayotgan Rossiya fuqarosi, ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor bo‘lgan. U bilan birga turmush o‘rtog‘i (xususiy tadbirkor), shuningdek, Rossiya fuqarosi ham bo‘lgan, u parvoz pulini to‘lagan”, — dedi agentlikka manba.
Ulardan tashqari bortda tibbiy guruh va ekipaj ham bo‘lgan. Operatsion xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra, halokatga ikkita dvigatelning texnik nosozligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi halokat yuzasidan jinoiy ish ochdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oqshom Falcon 10 biznes-jeti Afg‘onistonda Tojikiston bilan chegaraga yaqin joyda radarlardan g‘oyib bo‘lgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda olti kishi: to‘rt nafar ekipaj a’zosi va ikki yo‘lovchi bo‘lgan. Bort "Atletik Grupp" MChJ va xususiy shaxsga tegishli. Kema Gaya (Hindiston) – Toshkent (O‘zbekiston) – Jukovskiy (Rossiya) yo‘nalishi bo‘yicha charter tez yordam reysini amalga oshirayotgan edi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot Badaxshon viloyatining Zebak tumanidagi Tophana hududidagi baland tog‘larga qulagan.
Yangiliklar lentasi
0