“O‘zbekkosmos” Xitoy Fanlar akademiyasi bilan memorandum imzoladi

© Agentstvo kosmicheskix issledovaniy i texnologiy pri Ministerstve sifrovix texnologiy Respubliki Uzbekistan Vizit delegatsii Agentstva "Uzbekkosmos" v Kitayskuyu Narodnuyu Respubliku
Vizit delegatsii Agentstva Uzbekkosmos v Kitayskuyu Narodnuyu Respubliku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2024
Obuna bo‘lish
Uchrashuvlarda ta’lim va kadrlar tayyorlash, geoaxborot tizimlarini rivojlantirish, yer va kosmik infratuzilmani yaratish kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Joriy yilning 15-20 yanvar kunlari “O‘zbekkosmos” agentligi direktori Shuhrat Kadirov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda amaliy tashrif bilan bo‘lib, Xitoyning kosmik tizimlar va texnologiyalar sohasidagi yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoy Milliy kosmik boshqarmasi, Xitoyning "Buyuk devor" sanoat korporatsiyasi va Xitoy elektron texnologiyalar guruhi, shuningdek, Xitoy Fanlar akademiyasi Axborot tadqiqot instituti vakillari bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.
© Agentstvo kosmicheskix issledovaniy i texnologiy pri Ministerstve sifrovix texnologiy Respubliki Uzbekistan Vizit delegatsii Agentstva "Uzbekkosmos" v Kitayskuyu Narodnuyu Respubliku
Vizit delegatsii Agentstva Uzbekkosmos v Kitayskuyu Narodnuyu Respubliku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2024
Uchrashuvlarda ta’lim va kadrlar tayyorlash, geoaxborot tizimlarini rivojlantirish, yer va kosmik infratuzilmani yaratish kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Kadrlar tayyorlash sohasida ta’lim muassasalari o‘rtasida jumladan, talabalar ilmiy almashinuv imkoniyatlari va Koinot tizimlari va texnologiyalari sohasida – geoaxborot tizimlari bo‘yicha chuqur o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalari va tashabbuslari ko‘rib chiqildi.
Xitoy Fanlar akademiyasining Axborot tadqiqotlari instituti bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha ta’lim va kadrlar tayyorlash, shuningdek, masofaviy zondlash, yer va kosmik texnologiyalar va qisqa muddatli ta’lim dasturlari sohasida hamkorlik qilish uchun yangi imkoniyatlar ochuvchi memorandum imzolandi.
Vid na Zemlyu iz kosmosa. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2023
“O‘zbekkosmos” Xalqaro astronavtika federatsiyasiga a’zo bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0