https://oz.sputniknews.uz/20231006/ozbekkosmos-etakchi-kosmik-kuchlar-hamkorlik-39691334.html
“O‘zbekkosmos” Xalqaro astronavtika federatsiyasiga a’zo bo‘ldi
“O‘zbekkosmos” Xalqaro astronavtika federatsiyasiga a’zo bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Endilikda “O‘zbekkosmos” yetakchi kosmik kuchlar bilan hamkorlikni kengaytira oladi.
2023-10-06T11:58+0500
2023-10-06T11:58+0500
2023-10-06T13:08+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbekkosmos
kosmos
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/18/30220067_0:0:3076:1730_1920x0_80_0_0_ea4c3100995392551f95682fd280aa1e.jpg
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. “O‘zbekkosmos” agentligi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu haqda agentlik Sputnik muxbiriga xabar berdi.Kuni kecha “O‘zbekkosmos” agentligi Xalqaro astronavtika federatsiyasiga (IAF) to‘liq a’zolikka qabul qilindi. Federatsiyaga a’zolik agentlikka bir qator imkoniyatlarni taqdim etadi.Shuningdek, moliyaviy imtiyozlar va bonuslar, federatsiyaning elektron kutubxonasidan bepul foydalanish va boshqa afzalliklar mavjud.Bundan tashqari, agentlikka texnologiyalar transferi, yer va kosmik infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, kosmik monitoring bo‘yicha takliflar kelib tushdi, biroq muzokaralar hali ham davom etmoqda.O‘zbekiston agentligining mazkur xalqaro tashkilotga kirishi Bokuda bo‘lib o‘tgan 74-Xalqaro astronavtika kongressida ma’lum bo‘ldi.Xalqaro kosmonavtika federatsiyasi (IAF) xalqaro nodavlat, notijorat ilmiy tashkilot bo‘lib, koinotni tinch maqsadlarda tadqiq qilish muammolari, shuningdek, huquqiy nuqtayi nazardan raketa va kosmik sanoati masalalari bilan shug‘ullanadi.Tashkilot 1950-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Birinchi Xalqaro Astronavtika Kongressida 8 ta davlat: Avstriya, Argentina, Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya vakillari tomonidan tashkil etilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20221123/ozbekkosmos-30205451.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/18/30220067_618:0:3076:1844_1920x0_80_0_0_41b9267e6b7f2c4e985b4854ee9fbb91.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“o‘zbekkosmos” kosmik kuchlar xalqaro astronavtika federatsiyasiga (iaf)
“o‘zbekkosmos” kosmik kuchlar xalqaro astronavtika federatsiyasiga (iaf)
“O‘zbekkosmos” Xalqaro astronavtika federatsiyasiga a’zo bo‘ldi
11:58 06.10.2023 (yangilandi: 13:08 06.10.2023) Endilikda “O‘zbekkosmos” yetakchi kosmik davlatlar bilan hamkorlikni kengaytira oladi.
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. “O‘zbekkosmos” agentligi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu haqda agentlik Sputnik muxbiriga xabar berdi.
Kuni kecha “O‘zbekkosmos” agentligi Xalqaro astronavtika federatsiyasiga (IAF) to‘liq a’zolikka qabul qilindi. Federatsiyaga a’zolik agentlikka bir qator imkoniyatlarni taqdim etadi.
“Endilikda Agentlikka federatsiya doirasida yetakchi kosmik davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari yaratilmoqda”, - deya ma’lum qildi agentlik Sputnik muxbiriga.
Shuningdek, moliyaviy imtiyozlar va bonuslar, federatsiyaning elektron kutubxonasidan bepul foydalanish va boshqa afzalliklar mavjud.
Bundan tashqari, agentlikka texnologiyalar transferi, yer va kosmik infratuzilmani rivojlantirish, shuningdek, kosmik monitoring bo‘yicha takliflar kelib tushdi, biroq muzokaralar hali ham davom etmoqda.
O‘zbekiston agentligining mazkur xalqaro tashkilotga kirishi Bokuda bo‘lib o‘tgan 74-Xalqaro astronavtika kongressida ma’lum bo‘ldi.
Xalqaro kosmonavtika federatsiyasi (IAF) xalqaro nodavlat, notijorat ilmiy tashkilot bo‘lib, koinotni tinch maqsadlarda tadqiq qilish muammolari, shuningdek, huquqiy nuqtayi nazardan raketa va kosmik sanoati masalalari bilan shug‘ullanadi.
Tashkilot 1950-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Birinchi Xalqaro Astronavtika Kongressida 8 ta davlat: Avstriya, Argentina, Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya vakillari tomonidan tashkil etilgan.