https://oz.sputniknews.uz/20240117/iqtisodiyot-ijobiy-ozgarishlar-mishustin-42071680.html
Biz iqtisodiyotni barqaror o‘sish trayektoriyasiga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldik — Mishustin
Biz iqtisodiyotni barqaror o‘sish trayektoriyasiga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldik — Mishustin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin "Rossiya" xalqaro ko‘rgazma va forumida nutq so‘zladi.
2024-01-17T09:28+0500
2024-01-17T09:28+0500
2024-01-17T11:15+0500
dunyo yangiliklari
dunyoda
rossiya
ko‘rgazma
yaim
mixail mishustin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/10/42070932_0:140:3144:1909_1920x0_80_0_0_09bb7f4a38f51aaf3e75aa2d0dc144c3.jpg
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Rossiya tashqi xavflarni bartaraf etishga va o‘z iqtisodiyotini barqaror o‘sish trayektoriyasiga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin ma’lum qildi.Uning ta’kidlashicha, Iqtisodiy rivojlanish vazirligining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yilning 11 oyi davomida mamlakat yalpi ichki mahsuloti 3,3 foizga, ishlab chiqarish sanoati esa 7,5 foizga o‘sgan.Qayd etilishicha, “Rossiya” ko‘rgazmasida mamlakat yutuqlari bilan faol qiziquvchi ko‘plab xorijiy mehmonlar bor."Rossiya" ko‘rgazma-forumi Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (VDNX) hududida 4-noyabrdan 12-aprelgacha bo‘lib o‘tadi. Bu mamlakat bo‘ylab to‘liq sayohat bo‘lib, har bir tashrif buyuruvchi uning boyligi va xilma-xilligi bilan tanishishi mumkin. U yerda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari, jumladan, sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan, madaniyat va turizm namoyon bo‘ladi. Tadbirda allaqachon to‘rt milliondan ortiq kishi ishtirok etgan.
https://oz.sputniknews.uz/20240102/rossiya-nato-maduro-41900355.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/10/42070932_207:0:2938:2048_1920x0_80_0_0_cf17be331ade24c035d1e22252d9a3c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya hukumati raisi mixail mishustin "rossiya" xalqaro ko‘rgazma va forumi
rossiya hukumati raisi mixail mishustin "rossiya" xalqaro ko‘rgazma va forumi
Biz iqtisodiyotni barqaror o‘sish trayektoriyasiga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldik — Mishustin
09:28 17.01.2024 (yangilandi: 11:15 17.01.2024) Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin "Rossiya" xalqaro ko‘rgazma va forumida nutq so‘zladi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Rossiya tashqi xavflarni bartaraf etishga va o‘z iqtisodiyotini barqaror o‘sish trayektoriyasiga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin
ma’lum qildi. “Har bir sohada ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Biz tashqi xatarlarni zararsizlantirishga va iqtisodiyotni barqaror o‘sish trayektoriyasiga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldik”, — dedi Mishustin “Rossiya” ko‘rgazmasining Moliya kuni doirasidagi yalpi majlisida.
Uning ta’kidlashicha, Iqtisodiy rivojlanish vazirligining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan yilning 11 oyi davomida mamlakat yalpi ichki mahsuloti 3,3 foizga, ishlab chiqarish sanoati esa 7,5 foizga o‘sgan.
"Bularning barchasi prezident topshiriqlari va hukumat faoliyati, jumladan, milliy maqsadlarga erishish, strategik tashabbuslar va davlat dasturlarini amalga oshirish samarasidir", — deya qo‘shimcha qildi u.
Qayd etilishicha, “Rossiya” ko‘rgazmasida mamlakat yutuqlari bilan faol qiziquvchi ko‘plab xorijiy mehmonlar bor.
"Rossiya" ko‘rgazma-forumi Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (VDNX) hududida 4-noyabrdan 12-aprelgacha bo‘lib o‘tadi. Bu mamlakat bo‘ylab to‘liq sayohat bo‘lib, har bir tashrif buyuruvchi uning boyligi va xilma-xilligi bilan tanishishi mumkin. U yerda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari, jumladan, sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan, madaniyat va turizm namoyon bo‘ladi. Tadbirda allaqachon to‘rt milliondan ortiq kishi ishtirok etgan.