O‘zbekiston fuqarolarining deyarli 100 foizi 200 ming so‘mgacha keshbek oladi

© Sputnik/Abdubakir YunusovFiskalniy chek, illyustrativnoe foto
Fiskalniy chek, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2024
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Respublika Soliq qo‘mitasi Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda nega keshbek olish bo‘yicha cheklov joriy etilgani, qaysi cheklar uchun u qaytarilmayotgani va shubhali xaridorlar bilan qanday chora ko‘rilayotgani haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 15-yanvar – Sputnik. 2024 yil 1-yanvardan O‘zbekistonda oylik keshbek miqdori cheklandi – endi bazaviy hisoblash miqdorining 60 barobaridan oshmaydigan xaridlar summasining 1 foizi qaytariladi. Bugungi kunda 340 ming so‘mga teng bo‘lgan BHM hisobga olinsa, bu foiz 204 mingni tashkil etadi.

“Birgina 2023-yil noyabr oyida tahlil qiladigan bo‘lsak, keshbek tizimidan foydalanuvchi yurtdoshlarimizning 98 foizi maksimal 200 ming so‘m keshbek to‘plagan. 2% foydalanuvchilar, ya’ni, boshqa shaxsga tegishli keshbek summalarini o‘zlashtirish yoki tadbirkorlik subyektlari tomonidan xarid chekini xaridorga bermasdan, o‘zi tomonidan yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan o‘tkazish holatlari ustidan shikoyatlarni, murojaatlarni ko‘pligi sababli mazkur tartib joriy etildi”, — dedi Soliq qo‘mitasi katta inspektori Anvar Ne’matov.

Qanday QR-kodli cheklar uchun kshbek qaytarilmaydi? Chek 10 kundan ko‘proq vaqt oldin berilgan bo‘lsa, agar chekda sotib olingan tovar (xizmatlar) qiymatining 1 foizi qaytarilgan bo‘lsa, avtomashinalar, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olayotganda, kommunal va aloqa xizmatlarini to‘lashda, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari xaridorga xarid chekini bermay, o‘zlari yoki yaqin qarindoshlari orqali rasmiylashtirgan bo‘lsalar.
Yana bir sabab - chekda ko‘rsatilgan noto‘g‘ri mahsulot identifikatsiya kodi.
Shu bilan birga, qo‘mitaning tushuntirishicha, shubhali xaridorlar - bu keshbek olish uchun boshqa shaxslarning cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazadigan shaxslar.
“Agar haqiqiy egasi o‘z cheki Soliq mobil ilovasida boshqa foydalanuvchi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilganligini aniqlasa, chekni skanerdan o‘tkazgan shaxs foydasiga keshbekdan voz kechish yoki ushbu jismoniy shaxs ustidan shikoyat qilishi mumkin”, — deya qo‘shimcha qildi Soliq qo‘mitasi.
Shuningdek, shubhali xaridorlar mobil ilovada QR-kod bilan 15 ta va undan ortiq chekni skanerlagani holati bo‘yicha shikoyat kelib tushgan taqdirda tegishli reyestrga kiritiladi, deya aniqlik kirdi qo‘mita.
Bundan tashqari, chek boshqa shaxs tomonidan skanerdan o‘tkazilgan haqiqiy xaridni amalga oshirgan shaxs ham belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega, deyiladi qo‘mita ma’lumotida.
"Agar shikoyat berish paytida keshbek hali to‘lanmagan bo‘lsa, chekning haqiqiy egasi soliq organlariga xaridni amalga oshirganligini va buning uchun QR-kodli chekni olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi, shundan so‘ng keshbek to‘lovi unga qaytariladi. Agar bu faktlar tasdiqlanmasa, keshbek sud qarori asosida qaytariladi”, — deya aniqlik kiritdi Soliq qo‘mitasi.
Shu bilan birga, shaxs shubhali xaridorlar reyestridan chiqarilishi va unga keshbek olish huquqi qaytarilishi uchun u tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga org@soliq.uz elektron pochta manziliga murojaat qilishi kerak.
Istemolchilarga to‘langan keshbeklar 180 mlrd so‘mdan oshdi
So‘nggi paytlarda iste’molchilar ko‘pincha ma’lum cheklar uchun keshbek qaytarish tasdiqlanmagan yoki to‘lanmaganligi kabi vaziyatga duch kelishlarini aytishmoqda.
"Buni amalga oshirish uchun to‘lovni tasdiqlanganligi haqidagi bo‘limga o‘tish va kerakli oyni tanlash kerak – bu vaqt ichida ro‘yxatdan o‘tgan barcha cheklar ro‘yxati ochiladi. Qizil belgili kvitansiyalar keshbekni qaytarish rad etilganligini anglatadi, ko‘k - tasdiqlash jarayonida, yashil rang - tasdiqlangan keshbek ekanligini bildiradi", – deb tushuntirdi Soliq qo‘mitasi.
"Batafsil"ni bosish orqali qizil belgi keshbek to‘lovi nega rad etilganligini aniq bilib olish mumkin.
Qanday holatlarda keshbek tasdiqlanish jarayonida bo‘ladi? Qo‘mitaning tushuntirishicha, bu soliq deklaratsiyasining taqdim etilmagani yoki undagi kamchiliklar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, tadbirkorning bir million so‘mdan ortiq soliq qarzi bo‘lishi mumkin.
Mahalliy sayyohlarga keshbek qanday qaytariladi – tafsilotlar
“Keshbek nega tasdiqlanmayotganligini bilish uchun ko‘k belgili chekni tanlab, “batafsil” tugmasini bosish va “Qo‘shimcha ma’lumotlar” toifasiga o‘tish kerak. Tadbirkorlik subyekti ushbu kamchiliklarni bartaraf etishi bilanoq, keshbek avtomatik tarzda tasdiqlanadi", - deya aniqlik kiritdi Soliq qo‘mitasi.
Keshbek za pokupki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2022
Endi masofaviy elektron to‘lovlar uchun ham keshbek to‘lanadi
Yangiliklar lentasi
0