Jamoat transporti: ijtimoiy ahamiyatga ega sohadan kafolatlangan biznesgacha

© Sputnik / Avenir DeberdeyevAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2024
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Shaharlarning urbanizatsiyasi, ko‘chalardagi tirbandlik muammosi, shu jumladan, ekologik vaziyatning yomonlashuviga sabab bo‘layotgani hisobga olingan holda O‘zbekiston shahar muhitida yo‘lovchi tashishning ahamiyati ustuvor vazifalar qatoriga kiritilgan.
TOShKENT, 12-yanvar – Sputnik. Indira Rizametova. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda shahar jamoat transportini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri brutto-shartnoma tizimiga bosqichma-bosqich o‘tishdir. Sputnik mamlakat Transport vazirligiga bu qanday yangilik ekani va bu yo‘lovchi tashish va umuman yo‘lovchilarning o‘ziga qanday ta’sir qilishi haqidagi savollar bilan yuzlandi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yil iyul oyida Toshkent shahrida yangi tizimni sinovdan o‘tkazish kunlik daromadni bosqichma-bosqich bekor qilish va brutto-shartnomalarga o‘tish bilan boshlangan.

“Brutto-shartnoma tizimini joriy etish, ya’ni yo‘lovchi tashishni moliyalashtirishni tashkil etish O‘zbekiston prezidentining qarorida nazarda tutilgan. Bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bu yerda muhim afzallik aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, jamoat transportini zarariga faoliyat yurituvchi toifasidan kafolatlangan biznesga o‘tkazishdir”, — deya ma’lum qildi O‘zbekiston Transport vazirligining Avtomobil va daryo transportini rivojlantirish departamentining boshlig‘i Ruslan Ro‘zmetov.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, yangilik barcha kunlik tushumni Moliya vazirligi qoshidagi maxsus jamg‘arma hisobiga o‘tkazishni nazarda tutadi, u yerdan tashuvchiga rentabellikning 10 foizi hisoblab chiqiladi va unga foyda ko‘rinishida qaytariladi.
Toshkentda yana 32 ta avtobus yo‘nalishida kunlik daromad rejasi bekor qilindi
Shu bilan birga, tashuvchilarning yo‘qotishlarini qoplashning batafsil mexanizmi ishlab chiqilmoqda. Masalan, tashuvchilarning "yo‘qolgan" daromadlari uchun kompensatsiya, ya’ni bepul va chegirmali yo‘lovchilarni tashish va boshqalar.

“Tashuvchilar foyda olishdan manfaatdor, chunki daromad nafaqat bajarilgan ish hajmiga, balki ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga ham bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, tashuvchilarga, aniqrog‘i avtobuslarga ma’lum talablar qo‘yiladi: transportda past qavatli lift, GPS-navigatsiya qurilmalarining mavjudligi, yo‘lovchilarni hisobga olish tizimlari, harakat jadvaliga rioya qilish va hokazo”, — deya tushuntirdi ekspert.

Mutaxassislarning fikricha, yangi tizimning joriy etilishi nafaqat jamoat transporti ishini onlayn nazorat qilish va hisobini yuritish, balki soha uchun budjet xarajatlarining oqilona prognozini ham olish imkonini beradi.
O‘zbekistonning demografik darajasini hisobga olgan holda jamoat transporti kundalik hayotning zarur tarkibiy qismi va muhim ijtimoiy xizmat bo‘lib qolmoqda. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab har kuni 10 milliondan ortiq kishi mazkur xizmatdan foydalanadi. 3 milliondan ortiq aholisi bor bo‘lgan Toshkent shahrining o‘zida aholining qariyb 50-60 foizi undan foydalanadi, deya ma’lum qilgan O‘zbekiston Transport vazirligi.
Ayni paytda tizim Toshkent shahrida joriy qilingan va 167 ta avtobus yo‘nalishini qamrab olgan. Mart oyidan boshlab bu tajriba yana 5 ta shaharda – Andijon, Samarqand, Qarshi, Urganch, Namanganda joriy etiladi. 2024-yil iyul oyidan boshlab mamlakatning yana 8 ta shahri va ma’muriy markazini qamrab olish rejalashtirilgan. Yangi tizimni bosqichma-bosqich joriy etish mahalliy infratuzilmani tayyorlash bilan bog‘liq.
Toshkentda yana bir nechta avtobus yo‘nalishida kunlik reja bekor qilindi
Mutaxassislarning tushuntirishicha, Toshkent misolida jamoat transportini tajribaviy isloh qilish bosqichlarini qayd etish mumkin: avtobuslar xarid qilish, infratuzilmani yaratish, moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish, nazorat tizimini yaratish, tashuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari uchun maxsus jamg‘arma tashkil etish, elektron to‘lovga o‘tish.

“Tizim joriy etilishi bilan birgalikda naqd pul to‘lovlarini bosqichma-bosqich bekor qilish ishlari ham olib borilmoqda. Masalan, Toshkent shahrida 2023-yil iyul-dekabr oylarida jamoat transportida harakatlanish uchun naqd pulsiz to‘lovlar 60 foizni tashkil etdi. Mamlakat bo‘ylab bu ko‘rsatkich 80-85 foizlik chegaradan o‘tsa, naqd pul to‘lovlari butunlay bekor qilinadi. Ayni paytda yo‘lovchilar ATTO tizimining yo‘lovchi kartalaridan tashqari mobil telefonlar, QR-kodlar, "Uzcard", "Humo" va xalqaro to‘lov tizimlari orqali to‘lovlardan ham keng foydalanmoqda”, — dedi Ro‘zmetov.

Yangi tizimning yana bir diqqatga sazovor jihati shundaki, naqd pul oqimini nazorat qilish va hisobga olish inson omilisiz onlayn rejimda amalga oshiriladi. Yordamchi monitoring funksiyalari O‘zbekiston Transport vazirligining hududiy boshqarmalari huzuridagi tegishli tuzilmalar tomonidan amalga oshiriladi.
Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, jamoat transportining rivojlanishi shahar aglomeratsiyasining ko‘plab muammolarini hal qiladi. Ko‘chalardagi tirbandliklar, jamoat transporti uchun yo‘llarni tortib olish bilan to‘xtash qoidalarining buzilishi, chiqindi gazlar va atrof-muhitning ifloslanishi - bu hali holva.
O‘tgan yilning eng yorqin va ahamiyatli transport hodisasi mamlakat, xususan, poytaxt avtoparkiga yangi avtobuslar va elektr avtobuslarning qo‘shilishi bo‘ldi. Biroq prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, "qancha ko‘p avtobus olib kelinmasin, joylardagi transport boshqarmalari va avtobus parklarida hozirgi ish tizimi o‘zgarmasa, aholi ehtiyojiga yarasha xizmat ko‘rsatib bo‘lmaydi".
Mamlakatda jamoat transportini isloh qilish chora-tadbirlari ana shu dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan.
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam vnedreniya novoy sistemi obshestvennogo transporta v gorodax Tashkente, Nukuse i oblastnix sentrax. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Barcha viloyat markazlarining transport bosh rejasi ishlab chiqiladi
Yangiliklar lentasi
0