https://oz.sputniknews.uz/20230131/transport-bosh-rejasi-31873818.html
Barcha viloyat markazlarining transport bosh rejasi ishlab chiqiladi
Barcha viloyat markazlarining transport bosh rejasi ishlab chiqiladi
Sputnik O‘zbekiston
Bunda aholi orasida alohida so‘rov o‘tkaziladi va ularning fikrlari inobatga olinadi. 31.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-31T19:43+0500
2023-01-31T19:43+0500
2023-01-31T19:44+0500
jamiyat
transport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/1f/31874363_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_71029ddc20c857040448b54ba009ed2e.jpg
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda barcha viloyat markazlarining transport bosh rejasi ishlab chiqiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.Davlat rahbari yil yakuniga qadar barcha avtobus marshrutlari aholi ehtiyoji asosida qayta ko‘rib chiqilishi shartligini ta’kidladi.Mirziyoyev viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi va Transport universiteti bilan birgalikda 1-iyulga qadar barcha viloyat markazlarining Transport bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunda aholi orasida alohida so‘rov o‘tkaziladi va ularning fikrlari inobatga olinadi.Avtobuslar parkini kengaytirish uchun tashuvchi tadbirkorlarga avtobus parkini yangilashni rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.Jumladan:Viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:- o‘z hududida transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlab, ishlarni boshlash;- namunaviy bekat loyihasini ishlab chiqib, tadbirkorlarga reklama va bankomat xizmatlarini tashkil qilish uchun vaqtinchalik foydalanishga berish tartibini kiritish topshirildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/1f/31874363_81:0:1217:852_1920x0_80_0_0_bc1d1fac0bff50bb59dbc35cb672fd46.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, transport
Barcha viloyat markazlarining transport bosh rejasi ishlab chiqiladi
19:43 31.01.2023 (yangilandi: 19:44 31.01.2023) Bunda aholi orasida alohida so‘rov o‘tkaziladi va ularning fikrlari inobatga olinadi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda barcha viloyat markazlarining transport bosh rejasi ishlab chiqiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida jamoat transporti sohasini takomillashtirish yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda
ma’lum qilindi. Davlat rahbari yil yakuniga qadar barcha avtobus marshrutlari aholi ehtiyoji asosida qayta ko‘rib chiqilishi shartligini ta’kidladi.
Mirziyoyev viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi va Transport universiteti bilan birgalikda 1-iyulga qadar barcha viloyat markazlarining Transport bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunda aholi orasida alohida so‘rov o‘tkaziladi va ularning fikrlari inobatga olinadi.
Avtobuslar parkini kengaytirish uchun tashuvchi tadbirkorlarga avtobus parkini yangilashni rag‘batlantirish tizimi joriy qilinadi.
tashuvchilarni tanlashda avtobusning yangiligiga qarab, yo‘nalishda yo‘lovchi tashishning kafolatlangan muddatlari 7-yilgacha uzaytiriladi (10 yoshdan oshgan avtobuslar bo‘yicha shartnoma tuzilmaydi);
tadbirkorlar olib kelgan yangi avtobuslar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini bo‘lib-bo‘lib to‘lashiga ruxsat beriladi;
avtobuslar sotib olish uchun 10-yilgacha muddatga imtiyozli kredit beriladi.
Viloyatlar hokimlariga Transport vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
- o‘z hududida transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlab, ishlarni boshlash;
- namunaviy bekat loyihasini ishlab chiqib, tadbirkorlarga reklama va bankomat xizmatlarini tashkil qilish uchun vaqtinchalik foydalanishga berish tartibini kiritish topshirildi.