Shavkat Mirziyoyev bir guruh prokurorlarni mukofotladi — ular kimlar?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.01.2024
Obuna bo‘lish
Prokurorlar "Mardlik" va "Do‘stlik" ordenlari, "Jasorat", "Sodiq xizmatlari uchun" hamda "Shuhrat" medallari bilan mukofotlandi.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev bir guruh prokurorlarni mukofotladi. Bu bo‘yicha davlat rahbari tegishli farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, 10 nafardan ziyod prokuror "Mardlik" va "Do‘stlik" ordenlari, "Jasorat", "Sodiq xizmatlari uchun" hamda "Shuhrat" medallari bilan mukofotlandi.
"Mardlik" ordeni bilan
1.
Aminov Shohrux Azamatovich - O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari
2.
Hamdamov Ulug‘bek Aslonovich - Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar prokurori
"Do‘stlik" ordeni bilan
1.
Yerniyazova Venera Tajetdinovna - O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
"Jasorat" medali bilan
1.
Abdilazizov Davronbek Mahmudjonovich - O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari
2.
Buronov Nurbek Erkinovich - O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
"Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan
1.
Boltayev Halim Husanboyevich - O‘zbekiston Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i
2.
Muratov Jahongir Dilshatovich - Toshkent shahar Chilonzor tumani prokurori
3.
Sayfulloyev Erkin Xudoyorovich - O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari
4.
Fayziyev Vaxob Kamolovich - Buxoro viloyati Kogon shahar prokurorining katta yordamchisi
"Shuhrat" medali bilan
1.
Abduhakimov Murodullo Togayevich - O‘zbekiston Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i
2.
Karimov Xurshid Akramovich - O‘zbekiston Huquqni muhofaza qilish akademiyasi kafedra boshlig‘i
3.
Qodirov Abdumo‘min Abdumajit o‘g‘li - O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosining Surxondaryo viloyati Sherobod tumani bo‘limi davlat ijrochisi
4.
Tashpulatov Xurshid Sabirjanovich - O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosining Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘limi boshlig‘i
5.
Xabiljonov Ulug‘bek Xabiljon o‘g‘li - Toshkent viloyati Angren shahar prokurori
Mazkur mukofot prokurorlarga mamlakat prokuratura organlaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, qonuniylikni va huquq-tartibotni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun berildi.
O‘zbekiston prokuraturasi qanday rivojlangan? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2024
O‘zbekiston prokuraturasi qanday rivojlangan?
Yangiliklar lentasi
0