Respublika prokuraturasi tarixi muzeyi huquq tizimining qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan evolyutsiyasi bilan tanishtiradi. Bu yerda arxiv hujjatlar, noyob... 08.01.2024, Sputnik O‘zbekiston
Bugun, 8-yanvar O‘zbekistonda prokuratura xodimlari kuni nishonlanadi. Prezident tegishli qonunni 2016-yilda imzolagan edi. 1990-yillarda tashkil etilgan muzey prokuraturaning rivojlanish tarixi haqida hikoya qiladi. O‘shandan beri u turli sabablarga ko‘ra yopildi, eksponatlar turli joylarga "ko‘chirildi", ammo ko‘rgazma baribir to‘ldirildi. O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2020-yilda shu yillar davomida yig‘ilgan noyob eksponatlarni o‘zida jamlagan muzey ochish to‘g‘risida farmoyish berdi. Bugun esa ularni nafaqat izlanuvchan huquqshunoslar, maktab o‘quvchilari va talabalar, balki xorijlik mehmonlar ham ko‘rishlari mumkin.Muzeyni tashkil etishdan maqsad bugungi kunda prokuratura organlari qanday tuzilganligi, nazorat tizimi qanday va qachon rivoji boshlangani, bu sohada qanday insonlar ishlagan va ishlayotganligi, shuningdek, ularning faoliyati huquqiy tizimni rivojlantirishga qanday ta’sir qilganini ko‘rsatishdan iborat. Muzeyni hozirgi ko‘rinishida barpo etish, konsepsiyasi va ko‘rgazmasini ishlab chiqishda viloyat prokuraturasi xodimlari, tarixchilar, muzeyshunoslar, dizaynerlar ishtirok etdi.Ayni paytda muzey eksponatlari kolleksiyasi 10 mingdan ortiq arxiv materiallari – nodir fotosuratlar, xodimlarning shaxsiy buyumlari, artefaktlar, xorijlik hamkasblarning sovg‘alaridan iborat. Bularning barchasini, xususan, o‘rta asrlar sud-huquq tizimi tarixi, fuqarolik huquqining manbasi sifatidagi “Avesto”, Amir Temur davridagi sud tizimi haqida hikoya qiluvchi stendlarda ko‘rish mumkin.Bundan tashqari, muzeyda prokuraturaning hududiy boshqarmalari rivojlanishi bilan batafsil tanishish mumkin. Masalan, Farg‘ona viloyatining birinchi ayol prokurori Rahima Xo‘jayeva bo‘lganini kam odam biladi. U bu lavozimda 1954-yildan 1962-yilgacha ishlagan.Muzeyda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi birinchi kotibi Sharof Rashidovning ukasi Saxob Rashidov haqida ham ma’lumotlar mavjud. Sahob Rashidov Leningrad mudofaasida qatnashgan, ammo 1942-yilda yaralanib, vataniga qaytib kelgan. 1943-yilda prokuratura organlarida ish boshladi - Jizzax viloyati prokurori yordamchisi, keyin Buxoro viloyati prokurori. Keyin u respublika prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi.Muzey bo‘limlaridan biri Stalin qatag‘onlari qurbonlari haqida hikoya qiladi. Ular orasida Adliya xalq komissari va respublika prokurori Ahmetbek Mavlonbekov ham bor.Ko‘rgazmaning eng muhim qismi, hozir tirik bo‘lmagan prokurorlarga bag‘ishlangan marmar yodgorlikdir.Muzey bo‘ylab ekskursiya Sputnik O‘zbekiston videosida.
Respublika prokuraturasi tarixi muzeyi huquq tizimining qadimgi davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan evolyutsiyasi bilan tanishtiradi. Bu yerda arxiv hujjatlar, noyob ashyolar, xodimlarning shaxsiy buyumlari mavjud.
Bugun, 8-yanvar O‘zbekistonda prokuratura xodimlari kuni nishonlanadi. Prezident tegishli qonunni 2016-yilda imzolagan edi. 1990-yillarda tashkil etilgan muzey prokuraturaning rivojlanish tarixi haqida hikoya qiladi. O‘shandan beri u turli sabablarga ko‘ra yopildi, eksponatlar turli joylarga "ko‘chirildi", ammo ko‘rgazma baribir to‘ldirildi.
O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2020-yilda shu yillar davomida yig‘ilgan noyob eksponatlarni o‘zida jamlagan muzey ochish to‘g‘risida farmoyish berdi. Bugun esa ularni nafaqat izlanuvchan huquqshunoslar, maktab o‘quvchilari va talabalar, balki xorijlik mehmonlar ham ko‘rishlari mumkin.
Muzeyni tashkil etishdan maqsad bugungi kunda prokuratura organlari qanday tuzilganligi, nazorat tizimi qanday va qachon rivoji boshlangani, bu sohada qanday insonlar ishlagan va ishlayotganligi, shuningdek, ularning faoliyati huquqiy tizimni rivojlantirishga qanday ta’sir qilganini ko‘rsatishdan iborat.
Muzeyni hozirgi ko‘rinishida barpo etish, konsepsiyasi va ko‘rgazmasini ishlab chiqishda viloyat prokuraturasi xodimlari, tarixchilar, muzeyshunoslar, dizaynerlar ishtirok etdi.
Ayni paytda muzey eksponatlari kolleksiyasi 10 mingdan ortiq arxiv materiallari – nodir fotosuratlar, xodimlarning shaxsiy buyumlari, artefaktlar, xorijlik hamkasblarning sovg‘alaridan iborat. Bularning barchasini, xususan, o‘rta asrlar sud-huquq tizimi tarixi, fuqarolik huquqining manbasi sifatidagi “Avesto”, Amir Temur davridagi sud tizimi haqida hikoya qiluvchi stendlarda ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, muzeyda prokuraturaning hududiy boshqarmalari rivojlanishi bilan batafsil tanishish mumkin. Masalan, Farg‘ona viloyatining birinchi ayol prokurori Rahima Xo‘jayeva bo‘lganini kam odam biladi. U bu lavozimda 1954-yildan 1962-yilgacha ishlagan.
Muzeyda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi birinchi kotibi Sharof Rashidovning ukasi Saxob Rashidov haqida ham ma’lumotlar mavjud. Sahob Rashidov Leningrad mudofaasida qatnashgan, ammo 1942-yilda yaralanib, vataniga qaytib kelgan. 1943-yilda prokuratura organlarida ish boshladi - Jizzax viloyati prokurori yordamchisi, keyin Buxoro viloyati prokurori. Keyin u respublika prokurorining o‘rinbosari etib tayinlandi.
“2021 yilgacha Sahob Rashidov prokuraturada ishlaganini hech kim bilmas edi. Buni qarindoshlar tasdiqlashdi. Hatto uning o‘g‘lini ham topdik”, — dedi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi kadrlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Oybek Sultonov.
Muzey bo‘limlaridan biri Stalin qatag‘onlari qurbonlari haqida hikoya qiladi. Ular orasida Adliya xalq komissari va respublika prokurori Ahmetbek Mavlonbekov ham bor.
“Bizda faqat uning respublika prokurori sifatidagi surati bor edi. Ammo arxivlar tufayli biz uning ijodi haqida juda ko‘p qiziqarli narsalarni bilib oldik. Masalan, aynan u prokuraturaning ayollarni himoya qilish bo‘limini birinchi bo‘lib tashkil qilgan”, — deya aniqlik kiritdi Sultonov.
Ko‘rgazmaning eng muhim qismi, hozir tirik bo‘lmagan prokurorlarga bag‘ishlangan marmar yodgorlikdir.
Muzey bo‘ylab ekskursiya Sputnik O‘zbekiston videosida.