https://oz.sputniknews.uz/20240109/olimlar-koronavirus-pomidor-vaktsina-ixtiro-41976579.html
O‘zbek olimlari COVID-19ga qarshi pomidor vaksina ixtiro qilishdi
O‘zbek olimlari COVID-19ga qarshi pomidor vaksina ixtiro qilishdi
Sputnik O‘zbekiston
Ixtiro birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinadigan COVID-19 vaksinasi sifatida ilmiy hamjamiyatga taqdim etildi.
2024-01-09T14:00+0500
2024-01-09T14:00+0500
2024-01-09T14:22+0500
jamiyat
o‘zbekiston
olimlar
pomidor
covid-19 umumjahon pandemiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1b/20262596_0:0:2864:1611_1920x0_80_0_0_9142bf3a24ceab215b2a1dd8308a1652.jpg
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbek olimlari tomonidan genetik vektorlar va pomidor o‘simligi asosida koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi marta pomidor o‘simligidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinadigan yangi avlod COVID-19 vaksinasi yaratildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.Aytilishicha, mazkur nav koronavirusning S1 antigen oqsilini kodlovchi gen fragmenti maxsus vektorlarga joylashtirilishi natijasida yaratilgan. U S1 antigeni oqsilini muntazam ishlab chiqaruvchi pomidor hisoblanadi.Pomidor mevasida 0.77 mkg/gr miqdorida turg‘un S1 antigen oqsili sintez bo‘lishi ko‘rsatib berildi va TOMAVAC vaksinasi sifatida tanlab olindi.Vazirlik vaksina sifatida yaratilgan bu pomidordan qancha miqdorda iste’mol qilganda COVID-19 ga qarshi antitanacha hosil bo‘lishi, meyoridan ko‘p iste’mol qilish, nojo‘ya holatlarni tushintirib o‘tdi.Qayd etilishicha, mazkur nav ikki bosqichli (ichak shilliq pardasi va qonda) himoyani ta’minlovchi xavfsiz vaksina ekanini ko‘rsatdi. U birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinadigan COVID -19 vaksinasi sifatida ilmiy hamjamiyatga taqdim etildi.Ma’lum qilinishicha, olingan pomidor o‘simligining yuqori turg‘un avlodi seleksiya qilinmoqda va kelgusida 2-3 faza klinik sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng, ehtiyojga qarab alohida maydonlarda yetishtirilishi mumkin.Shuningdek, TOMAVAC ni koronavirusga qarshi qulay is’temol qilinadigan biologik faol kapsulalar sifatida ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Hozirda liofilzatsiyalash va kapsulalash texnologik jarayonlari ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20230815/nukusda-koronavirusga-qarshi-sut-mahsulotlari-sotuvga-chiqarildi-37879490.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1b/20262596_119:0:2850:2048_1920x0_80_0_0_315906c8d305cb6b607a45595bcd45e1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ixtiro covid-19 vaksina pomidor o‘zbekiston
ixtiro covid-19 vaksina pomidor o‘zbekiston
O‘zbek olimlari COVID-19ga qarshi pomidor vaksina ixtiro qilishdi
14:00 09.01.2024 (yangilandi: 14:22 09.01.2024) Ixtiro birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinadigan COVID-19 vaksinasi sifatida ilmiy hamjamiyatga taqdim etildi.
TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbek olimlari tomonidan genetik vektorlar va pomidor o‘simligi asosida koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi marta pomidor o‘simligidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinadigan yangi avlod COVID-19 vaksinasi yaratildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi
xabar berdi. Aytilishicha, mazkur nav koronavirusning S1 antigen oqsilini kodlovchi gen fragmenti maxsus vektorlarga joylashtirilishi natijasida yaratilgan. U S1 antigeni oqsilini muntazam ishlab chiqaruvchi pomidor hisoblanadi.
Pomidor mevasida 0.77 mkg/gr miqdorida turg‘un S1 antigen oqsili sintez bo‘lishi ko‘rsatib berildi va TOMAVAC vaksinasi sifatida tanlab olindi.
Vazirlik vaksina sifatida yaratilgan bu pomidordan qancha miqdorda iste’mol qilganda COVID-19 ga qarshi antitanacha hosil bo‘lishi, meyoridan ko‘p iste’mol qilish, nojo‘ya holatlarni tushintirib o‘tdi.
“Ko‘ngilli insonlarda o‘tkazilgan 1-faza immunogenlik va bioxavfsizlik sinovlarda ular tomonidan 50 gram (38,5 mkg S1 antigeni) pomidorni (TOMAVAC) nahorga 3 kun davomida (umumiy 150 gram pomidor yoki 115,5 mkg S1 antigeni) is’temol qilganda ularning qon zardobidagi neytrallovchi antitanachalar faolligi birinchi kunga nisbatdan haftasiga 1,2 (o‘rtacha +42,28 BAU/ml) barobar ko‘tarilib borgan, bu holatda ko‘ngillilarda hech qanday nojo‘ya holatlar kuzatilmagan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur nav ikki bosqichli (ichak shilliq pardasi va qonda) himoyani ta’minlovchi xavfsiz vaksina ekanini ko‘rsatdi. U birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinadigan COVID -19 vaksinasi sifatida ilmiy hamjamiyatga taqdim etildi.
Ma’lum qilinishicha, olingan pomidor o‘simligining yuqori turg‘un avlodi seleksiya qilinmoqda va kelgusida 2-3 faza klinik sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng, ehtiyojga qarab alohida maydonlarda yetishtirilishi mumkin.
Shuningdek, TOMAVAC ni koronavirusga qarshi qulay is’temol qilinadigan biologik faol kapsulalar sifatida ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Hozirda liofilzatsiyalash va kapsulalash texnologik jarayonlari ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda.