https://oz.sputniknews.uz/20230815/nukusda-koronavirusga-qarshi-sut-mahsulotlari-sotuvga-chiqarildi-37879490.html
Nukusda koronavirusga qarshi sut mahsulotlari sotuvga chiqarildi
Nukusda koronavirusga qarshi sut mahsulotlari sotuvga chiqarildi
Sputnik O‘zbekiston
Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan “Panaev Farms” chorvachilik korxonasida joriy yildan boshlab immun suti va undan olinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
2023-08-15T16:27+0500
2023-08-15T16:27+0500
2023-08-15T16:27+0500
jamiyat
o‘zbekiston
nukus
vaksina
sigir
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/11/53530187_0:370:960:910_1920x0_80_0_0_3c504b0bbc4a4eefb284707499f655e7.jpg
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Nukusda koronavirusga qarshi immunli sut mahsulotlari sotuvga chiqarildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri matbuot kotibi ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan “Panaev Farms” chorvachilik korxonasida joriy yildan boshlab immun suti va undan olinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.2021 yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi (hozirgi Innovatsion rivojlanish agentligi) huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi hamda Avstriyaning Vena tibbiyot universiteti hamkorlikda SARS-CoV-2 virusiga qarshi immun sutini olish loyihasi ustida ishlarni boshlagan.2022 yilda Xalqaro molekulyar allergologiya markazining Biotexnologiyalar va komparativ tibbiyot sohasidagi olimlar jamoasi ZF-UZ-VAC2001 O‘zbekiston-Xitoy vaksinasi bilan emlangan sigirlarning immun sutidan tajriba namunalari oldi. Xalqaro molekulyar allergologiya markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan “Panaev Farms” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga ko‘ra, nasldor sigirlar hamda Avstriya va Germaniyadan olib kelingan Golshtin zotli sigirlar xavfsiz va samarali bo‘lgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 dozasi bilan to‘liq emlandi.SARS-CoV-2 ga qarshi immunli sut mahsulotlari degustatsiyasi “InnoWeek.uz-2022” haftaligi doirasida o‘tkazilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0b/11/53530187_0:280:960:1000_1920x0_80_0_0_a2431534676a4fbfffda4d1b2c8f3ece.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nukus koronavirusga qarshi sut mahsulotlari
nukus koronavirusga qarshi sut mahsulotlari
Nukusda koronavirusga qarshi sut mahsulotlari sotuvga chiqarildi
Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan “Panaev Farms” chorvachilik korxonasida joriy yildan boshlab immun suti va undan olinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Nukusda koronavirusga qarshi immunli sut mahsulotlari sotuvga chiqarildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri matbuot kotibi
ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, Nukus shahrida faoliyat yuritayotgan “Panaev Farms” chorvachilik korxonasida joriy yildan boshlab immun suti va undan olinadigan mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
“Bir necha yillar davomida dunyoni larzaga keltirgan kasallik – koronavirusga qarshi immunli sut mahsulotlari sotuvi yo‘lga qo‘yildi”, - deyiladi xabarda.
2021 yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi (hozirgi Innovatsion rivojlanish agentligi) huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi hamda Avstriyaning Vena tibbiyot universiteti hamkorlikda SARS-CoV-2 virusiga qarshi immun sutini olish loyihasi ustida ishlarni boshlagan.
2022 yilda Xalqaro molekulyar allergologiya markazining Biotexnologiyalar va komparativ tibbiyot sohasidagi olimlar jamoasi ZF-UZ-VAC2001 O‘zbekiston-Xitoy vaksinasi bilan emlangan sigirlarning immun sutidan tajriba namunalari oldi. Xalqaro molekulyar allergologiya markazi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan “Panaev Farms” kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga ko‘ra, nasldor sigirlar hamda Avstriya va Germaniyadan olib kelingan Golshtin zotli sigirlar xavfsiz va samarali bo‘lgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 3 dozasi bilan to‘liq emlandi.
Bo‘g‘ozlik davrida ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlangan sigirlarning og‘iz sutida SARS-CoV-2 virusiga qarshi tanachalar maksimal darajada bo‘lishi olimlar tomonidan tasdiqlandi. 2022-yil yanvar oyining oxirida sigirlar bolalay boshladi. Og‘iz suti va sutdan olingan tajriba namunalari ustida keyingi klinik-laboratoriya tadqiqotlari davom ettirildi.
SARS-CoV-2 ga qarshi immunli sut mahsulotlari degustatsiyasi “InnoWeek.uz-2022” haftaligi doirasida o‘tkazilgan.