Quyoshni o‘rganish bo‘yicha Hindiston missiyasi Lagranj nuqtasiga yetib bordi

© Depositphotos / SdecoretMars vo vremya vosxoda solnsa
Mars vo vremya vosxoda solnsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2024
Obuna bo‘lish
Quyosh tomon uchirilgan Hindistonning Aditya-L1 stansiyasi Lagranj nuqtasiga yetib bordi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Quyosh tomon uchirilgan Hindistonning Aditya-L1 tadqiqot stansiyasi Lagranj nuqtasiga yetib keldi va u yerdan kuzatuvlar o‘tkazadi. Bu haqda Hindistonning kosmik tadqiqotlar tashkiloti rahbari ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Aditya-L1 nuqtasiga 6-yanvar kuni yetib bordi va biz uni ushlab turish uchun oxirgi manevrni amalga oshiramiz", — dedi tashkilot rahbari.
Lagranj nuqtasi — bu yer va Quyosh o‘rtasidagi tortishish kuchlari muvozanatga erishadigan noyob maydon. Oy, Mars va Venera kabi boshqa samoviy jismlarning ta’siri tufayli kuchlarni mutlaq zararsizlantirishga erishib bo‘lmaydigan bo‘lsa-da, L1 nuqtasi kuzatish maqsadida barqaror pozitsiyani ta’minlaydi.
Hindistonning Quyoshni o‘rganish missiyasi o‘tgan yilning 2-sentabrida boshlangan edi. Aditya L1 missiyasi quyosh toji isishi, toj massasini chiqarib yuborish, chaqnashdan oldingi faollik va xususiyatlar, kosmik ob-havo dinamikasi, quyosh shamolining tarqalishi, zarralar va maydonlar va boshqalarni tushunish uchun ma’lumot berishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0