https://oz.sputniknews.uz/20231223/toshkentda-yashil-shahar-transport-yolagi-paydo-bolishi-mumkin-41716675.html
Toshkentda “Yashil shahar” transport yo‘lagi paydo bo‘lishi mumkin
Toshkentda “Yashil shahar” transport yo‘lagi paydo bo‘lishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Mazkur yo‘lak loyihasini ishlab chiqishda yo‘lovchi va aholini fikri o‘rganilib, nogironligi bo‘lgan shaxslar, qariyalar, bolalar va ayollarning jamoat transporti infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojlari inobatga olingan.
2023-12-23T14:20+0500
2023-12-23T14:20+0500
2023-12-23T14:20+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
transport vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/17/41715933_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_544abdb1136ea920923645e0a2fad3c7.jpg
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. “Toshkent – Kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish (TAILEV)” loyihasi doirasida “Yashil shahar” transport yo‘lagining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.O‘zbekiston prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59-son qaroriga muvofiq 2025-yilgacha Toshkent shahri bo‘yicha jamoat transporti doimiy harakatlanadigan umumiy uzunligi 475 km bo‘lgan 36 ta alohida avtobus yo‘laklarini tashkil etish belgilangan.Mazkur yo‘lak loyihasini ishlab chiqishda yo‘lovchi va aholini fikri o‘rganilib, nogironligi bo‘lgan shaxslar, qariyalar, bolalar va ayollarning jamoat transporti infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojlari inobatga olingan.Shuningdek, bir kunda yo‘lak bo‘ylab avtobusda harakatlanadigan barcha yo‘lovchilar hamda shaxsiy transport egalarining tejalgan umumiy vaqti 3318 soatni, tejalgan yoqilg‘i yiliga 2.6 million litrni tashkil etib, bu yiliga 21.2 milliard so‘m iqtisodiy samaraga olib kelishi haqida ma’lumot berildi.Ishlab chiqilgan loyihalar va texnik-iqtisodiy asoslar Toshkent shahar hokimligiga kiritildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/17/41715933_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_7e4b5444eefa5893a56d048718fbfb0a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkentda “yashil shahar” transport yo‘lagi paydo bo‘lishi mumkin
toshkentda “yashil shahar” transport yo‘lagi paydo bo‘lishi mumkin
Toshkentda “Yashil shahar” transport yo‘lagi paydo bo‘lishi mumkin
Mazkur yo‘lak loyihasini ishlab chiqishda yo‘lovchi va aholini fikri o‘rganilib, nogironligi bo‘lgan shaxslar, qariyalar, bolalar va ayollarning jamoat transporti infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojlari inobatga olingan.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. “Toshkent – Kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish (TAILEV)” loyihasi doirasida “Yashil shahar” transport yo‘lagining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. O‘zbekiston prezidentining “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–59-son qaroriga muvofiq 2025-yilgacha Toshkent shahri bo‘yicha jamoat transporti doimiy harakatlanadigan umumiy uzunligi 475 km bo‘lgan 36 ta alohida avtobus yo‘laklarini tashkil etish belgilangan.
Mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlash va avtobus yo‘laklarini xavfsiz hamda samarali joriy etishga ko‘maklashish maqsadida TAILEV loyihasi doirasida poytaxtning Shota Rustaveli ko‘chasida joriy etilishi rejalashtirilgan yashil transport yo‘lagining konsept-dizayni, matematik modeli va uning asosida texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi.
Mazkur yo‘lak loyihasini ishlab chiqishda yo‘lovchi va aholini fikri o‘rganilib, nogironligi bo‘lgan shaxslar, qariyalar, bolalar va ayollarning jamoat transporti infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojlari inobatga olingan.
Texnik-iqtisodiy asoslarga ko‘ra mazkur yo‘lakni joriy etilishi natijasida yo‘lak bo‘ylab avtotransportning o‘rtacha tezligi 11 foizga oshishi, atmosfera havosi ifloslanishi 12.3 foizga qisqarishiga erishilishi hisoblab chiqildi.
Shuningdek, bir kunda yo‘lak bo‘ylab avtobusda harakatlanadigan barcha yo‘lovchilar hamda shaxsiy transport egalarining tejalgan umumiy vaqti 3318 soatni, tejalgan yoqilg‘i yiliga 2.6 million litrni tashkil etib, bu yiliga 21.2 milliard so‘m iqtisodiy samaraga olib kelishi haqida ma’lumot berildi.
Ishlab chiqilgan loyihalar va texnik-iqtisodiy asoslar Toshkent shahar hokimligiga kiritildi.