https://oz.sputniknews.uz/20231223/malayziyaning-yirik-kompaniyasi-vakillari-ozbekistonga-tashrif-buyuradi-41715547.html
Malayziyaning yirik kompaniyasi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Malayziyaning yirik kompaniyasi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Sputnik O‘zbekiston
Muloqot chog‘ida Malayziya tomoniga O‘zbekistonda xorijiy investorlarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar, kafolatlar, imtiyozlar va preferensiyalar hamda respublikaning iqtisodiy resurs va investitsiyaviy salohiyati bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
2023-12-23T12:02+0500
2023-12-23T12:02+0500
2023-12-23T12:02+0500
iqtisod
o‘zbekiston
malayziya
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/17/41714519_46:0:741:391_1920x0_80_0_0_01a8483dcab8ec1130da1930508b1ce5.jpg
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi vakillari Malayziyaning "Fraser & Neave Holdings BHD – F&N" kompaniyasining yangi va xalqaro bozorlari bo‘yicha ijrochi direktori Lai Ming Kong bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.Lai Ming Kong kompaniya Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalaridan biri ekanligini, hozirda korxonaning 13 ta filiali Tailand, Myanma, Kambodja, Laos va Saudiya Arabistonida faoliyat yuritayotganini ma’lum qildi. Malayziya tomoni, shuningdek, "F&N" kompaniyasining quyultirilgan sut mahsulotlari O‘zbekistonga yetkazib berilayotganini va bu orqali Markaziy Osiyo bozoriga kirish imkoniyati oshayotganini ta’kidladi.Ushbu omillarni inobatga olgan holda xorij tomoniga O‘zbekistonda "F&N" kompaniyasi ishtirokida qo‘shma investitsiya loyihasini amalga oshirish taklifi berildi."Fraser & Neave" (F&N) kompaniyasi 1883-yilda Singapurda tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy ishlab chiqarish korxonalari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahri, Ipox, Malakka, Seremban va Penang shtatlarida joylashgan. Kompaniya oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 31 turdagi mahsulot ishlab chiqaradi va jahonning 93 ta mamlakatiga eksport qilinadi.
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/17/41714519_133:0:654:391_1920x0_80_0_0_dce2e976750aeb7327811f509904e344.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
malayziyaning yirik kompaniyasi vakillari o‘zbekistonga tashrif buyuradi
malayziyaning yirik kompaniyasi vakillari o‘zbekistonga tashrif buyuradi
Malayziyaning yirik kompaniyasi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Muloqot chog‘ida Malayziya tomoniga O‘zbekistonda xorijiy investorlarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar, kafolatlar, imtiyozlar va preferensiyalar hamda respublikaning iqtisodiy resurs va investitsiyaviy salohiyati bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
TOShKENT, 23 dek — Sputnik. O‘zbekiston elchixonasi vakillari Malayziyaning "Fraser & Neave Holdings BHD – F&N" kompaniyasining yangi va xalqaro bozorlari bo‘yicha ijrochi direktori Lai Ming Kong bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda "Dunyo" AA
xabar berdi. Muloqot chog‘ida Malayziya tomoniga O‘zbekistonda xorijiy investorlarga yaratilgan qulay shart-sharoitlar, kafolatlar, imtiyozlar va preferensiyalar hamda respublikaning iqtisodiy resurs va investitsiyaviy salohiyati bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Lai Ming Kong kompaniya Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng yirik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalaridan biri ekanligini, hozirda korxonaning 13 ta filiali Tailand, Myanma, Kambodja, Laos va Saudiya Arabistonida faoliyat yuritayotganini ma’lum qildi. Malayziya tomoni, shuningdek, "F&N" kompaniyasining quyultirilgan sut mahsulotlari O‘zbekistonga yetkazib berilayotganini va bu orqali Markaziy Osiyo bozoriga kirish imkoniyati oshayotganini ta’kidladi.
Ushbu omillarni inobatga olgan holda xorij tomoniga O‘zbekistonda "F&N" kompaniyasi ishtirokida qo‘shma investitsiya loyihasini amalga oshirish taklifi berildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistondagi salohiyatli tadbirkorlar bilan birgalikda qo‘shma loyihani amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilish maqsadida 2024-yil yanvar oyida Lai Ming Kong boshchiligidagi "F&N" kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
"Fraser & Neave" (F&N) kompaniyasi 1883-yilda Singapurda tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy ishlab chiqarish korxonalari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahri, Ipox, Malakka, Seremban va Penang shtatlarida joylashgan. Kompaniya oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 31 turdagi mahsulot ishlab chiqaradi va jahonning 93 ta mamlakatiga eksport qilinadi.