MDH xalqlarining madaniy yaqinligi munosabatlarni rivojlantirishning garovidir — Putin

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishSyezd partii "Yedinaya Rossiya"/
Syezd partii Yedinaya Rossiya/ - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2023
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari xalqlarining madaniy yaqinligi va bir davlatdagi hayot tarixi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishning garovidir. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Vladimir Putin MDH Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.
“Barchangizni – Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashi majlisi ishtirokchilarini qutlashdan xursandman. Bu galgi uchrashuv haqiqatan ham muhim mavzu – madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan. Zero, xalqlarimizning yaqin madaniy aloqalari va ma’naviy yaqinligi, keng qamrovli insoniy aloqalar va bir davlat hayotining ko‘p asrlik umumiy tarixi MDH doirasidagi integratsiya jarayonlarining mustahkam poydevoridir”, — dedi mamlakat yetakchisi.
“Bizga urf-odat va an’analar, til va adabiyot, san’at va xalq amaliy san’atining chinakam noyob sivilizatsiya uyg‘unligi meros bo‘lib qolganiga qo‘shilasiz, deb o‘ylayman. Bizning vazifamiz esa bu umumiy ko‘pmillatli merosni imkon qadar saqlab qolish va uni yangi mazmun bilan boyitishdir”, — deya qo‘shimcha qildi Putin.
Vladimir Putin dekabr oyi oxirida Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlari bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazishni kutayotganini aytdi.
“Sizdan yaqinda – dekabr oyi oxirida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida va MDH davlatlari rahbarlarining Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan an’anaviy norasmiy uchrashuvida ko‘rishni kutayotgan davlatlaringiz rahbarlariga eng samimiy salomimni yetkazishingizni so‘rayman”, —dedi u.
Putin 1-yanvardan uyushma raisligi Rossiyaga o‘tishini, san’at, ta’lim va fanning turli yo‘nalishlarida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish amaliyotini davom ettirish va rivojlantirish rejalashtirilganini eslatdi.
“Biz kino va televidenie loyihalarini amalga oshirish, mumtoz va ommabop musiqa tanlovlarini tashkil etishni har tomonlama rag‘batlantiramiz. Eslatib o‘tamiz, Rossiya allaqachon bir qator tegishli tashabbuslarni ilgari surgan, jumladan, Yevroosiyo kino san’ati akademiyasini tashkil etish, Yevroosiyo kino mukofotini ta’sis etish va “Intervidenie” xalqaro qo‘shiq festivalini qayta tiklash”, — deya qo‘shimcha qildi prezident.
Bundan tashqari, Rossiya raislik davrida rus tilini saqlash masalasiga alohida e’tibor qaratadi.
Yangiliklar lentasi
0