https://oz.sputniknews.uz/20231218/mdh-virtual-muzey-41614717.html
MDH mamlakatlari madaniy merosi virtual muzeyi tashkil etildi – Aripov
MDH mamlakatlari madaniy merosi virtual muzeyi tashkil etildi – Aripov
Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripov Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi.
2023-12-18T16:20+0500
2023-12-18T16:20+0500
2023-12-18T17:54+0500
madaniyat
o‘zbekiston
mdh
abdulla aripov
madaniy boyliklar
muzey
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/10/37919242_0:293:3077:2024_1920x0_80_0_0_834526b71a759fef5f6e51d24a4a9dda.jpg
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. MDHga a’zo davlatlar madaniy merosi virtual muzeyini yaratish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ma’lum qildi.Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Bunday muzeyni tashkil etish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tegishli edi. Loyihadan ko‘zlangan maqsad MDH davlatlarining moddiy madaniy merosini internet tarmog‘idagi yagona virtual muzeyda birlashtirishdan iborat.O‘zbekiston bosh vaziri, shuningdek, MDH davlatlari vakillariga O‘zbekistondagi XV Toshkent xalqaro kinofestivalidagi faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildirdi.Unga ko‘ra, qo‘shma badiiy filmlar suratga olish yaxshi an’anaga aylangan va VGIKning Toshkent shahridagi filialida Rossiya va Hamdo‘stlik mamlakatlari kino yulduzlari ishtirokida muntazam ravishda mahorat darslari, uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.U bu yil Ozarbayjon va Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlari, respublikada esa Qozog‘iston va Turkmaniston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazilganini, “Rus fasllari” loyihasi doirasidagi tadbirlar, Qirg‘iziston va Tojikiston teatrlari bilan o‘zaro gastrol safarlari ham muntazam o‘tkazib kelinayotganini eslatdi.Yig‘ilish so‘nggida madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida qo‘shma bayon imzolandi.Qirg‘iziston Bosh vaziri Aqilbek Japarov raisligida o‘tgan yig‘ilishda Belarus Bosh vaziri Roman Golovchenko, Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Idoyat o‘g‘li, Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov, Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Armaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Mger Grigoran, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Xojamirat Geldimiradov hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedev ishtirok etdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/10/37919242_481:161:2518:1689_1920x0_80_0_0_eb54723e04dd8828e03afae0eeb5fb26.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
abdulla aripov moskva mdh hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi mdh mamlakatlari madaniy merosi virtual muzeyi
abdulla aripov moskva mdh hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi mdh mamlakatlari madaniy merosi virtual muzeyi
MDH mamlakatlari madaniy merosi virtual muzeyi tashkil etildi – Aripov
16:20 18.12.2023 (yangilandi: 17:54 18.12.2023) Abdulla Aripov Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida nutq so‘zladi.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. MDHga a’zo davlatlar madaniy merosi virtual muzeyini yaratish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ma’lum qildi.
Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“MDHga a’zo davlatlar madaniy merosi virtual muzeyini yaratish bo‘yicha noyob loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi”, – dedi Aripov Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida.
Bunday muzeyni tashkil etish tashabbusi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tegishli edi. Loyihadan ko‘zlangan maqsad MDH davlatlarining moddiy madaniy merosini internet tarmog‘idagi yagona virtual muzeyda birlashtirishdan iborat.
O‘zbekiston bosh vaziri, shuningdek, MDH davlatlari vakillariga O‘zbekistondagi XV Toshkent xalqaro kinofestivalidagi faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildirdi.
Unga ko‘ra, qo‘shma badiiy filmlar suratga olish yaxshi an’anaga aylangan va VGIKning Toshkent shahridagi filialida Rossiya va Hamdo‘stlik mamlakatlari kino yulduzlari ishtirokida muntazam ravishda mahorat darslari, uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.
“Biz deyarli barcha hamkorlarimiz bilan mamlakatlarimiz madaniyati, tarixi va zamonaviy yutuqlarining yorqin tomonlarini namoyish etgan qator ikki tomonlama tadbirlarni o‘tkazganimiz quvonarlidir”, –dedi u.
U bu yil Ozarbayjon va Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlari, respublikada esa Qozog‘iston va Turkmaniston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazilganini, “Rus fasllari” loyihasi doirasidagi tadbirlar, Qirg‘iziston va Tojikiston teatrlari bilan o‘zaro gastrol safarlari ham muntazam o‘tkazib kelinayotganini eslatdi.
Yig‘ilish so‘nggida madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida qo‘shma bayon imzolandi.
Qirg‘iziston Bosh vaziri Aqilbek Japarov raisligida o‘tgan yig‘ilishda Belarus Bosh vaziri Roman Golovchenko, Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Idoyat o‘g‘li, Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov, Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda, Armaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Mger Grigoran, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Xojamirat Geldimiradov hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Bosh kotibi Sergey Lebedev ishtirok etdi.