Toshkentda jadidchilik harakatiga oid ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi

© Muzey pamati jertv repressiy v TashkenteMuzey pamati jertv repressiy v Tashkente.
Muzey pamati jertv repressiy v Tashkente.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2023
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda olimlar Temur Xo‘jao‘g‘li, Adib Xalid, Hisao Komatsu, Zaynobiddin Abdirashidov va dunyo bo‘ylab mashhur tarixiy seriallar muallifi Mehmet Bo‘zdog‘ ishtirok etadi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Bugun Toshkentda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida ilmiy konferensiya o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Shu yilning 11 – 12-dekabr kunlari “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti va Turkiy davlatlar tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyaning birinchi kunida — jadidchilik harakati g‘oyasi, maqsad va vazifalarini izchil o‘rganishda yangi insaydlar, harakatning ma’rifat va noshirlik sohasidagi hissasi, milliy davlatchilik shakllanishi bo‘yicha ijtimoiy-siyosiy sa’y-harakatlari, shuningdek, jadidlarning ilmiy va madaniy merosi, ularning tadqiqotlari borasida fikr almashiladi.
Tadbirning ikkinchi kunida — o‘zbekistonlik hamda chet ellik taniqli olimlar, tarix sohasi vakillari bilan davra suhbati o‘tkaziladi va u keng jamoatchilik uchun ham ochiq hisoblanadi.
Uchrashuvda olimlar Temur Xo‘jao‘g‘li, Adib Xalid, Hisao Komatsu, Zaynobiddin Abdirashidov va dunyo bo‘ylab mashhur tarixiy seriallar muallifi Mehmet Bo‘zdog‘ ishtirok etadi.
O‘zbekistonda jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan ilk muzey ochiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2023
O‘zbekistonda jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan ilk muzey ochiladi — manzil
Yangiliklar lentasi
0