https://oz.sputniknews.uz/20230719/ozbekiston-jadidchilik-tarixi-ilk-muzey-36963801.html
O‘zbekistonda jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan ilk muzey ochiladi — manzil
O‘zbekistonda jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan ilk muzey ochiladi — manzil
Sputnik O‘zbekiston
Muzeyda jadidchilik namoyandalarining qo‘lozmalari va shaxsiy buyumlaridan iborat yangi ekspozitsiya hamda jadidchilik tarixini ochib beruvchi maxsus yaratilgan multimedia... 19.07.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-07-19T07:38+0500
2023-07-19T07:38+0500
2023-07-19T11:13+0500
madaniyat
o‘zbekiston
muzey
toshkent
jadidlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/12/36957886_0:240:1280:960_1920x0_80_0_0_3b4fdfda0efe6d69deaefecf68899a9b.jpg
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan ilk muzey tashkil etiladi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.Qayd etilishicha, “Hovli poyon” uyida jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan ilk muzey tashkil etiladi.1860-1870 yillarda qurilgan va G‘oziyon mahallasida Gavkushon madrasasi yonidagi uy mashhur ziyoli, ma’rifatparvar, Markaziy Osiyo jadidchiligi yetakchilaridan biri Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevga tegishli bo‘lgan. Aynan shu uyda ilk bor yangi usuldagi maktablardan biri ochilib, o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim tizimiga mos ravishda ona tili, matematika, tarix, geografiya va boshqa fanlar bepul o‘qitilgan.Uyning yaxshi saqlanib qolgan eski qismida zarur restavratsiya ishlarini olib borish, shuningdek, yangi binolarni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.Muzeyda jadidchilik namoyandalarining qo‘lozmalari va shaxsiy buyumlaridan iborat yangi ekspozitsiya hamda jadidchilik tarixini ochib beruvchi maxsus yaratilgan multimedia tizimi o‘rin oladi.Muzey qoshida jadidlar merosini o‘rganish bo‘yicha ilmiy markaz tashkil etish ham rejalashtirilgan.Muzeyni tashkil etish tashabbuskorlaridan biri, Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevning o‘g‘li Timurxo‘ja bo‘lajak muzey fondiga qadimiy qimmatli qo‘lozmalarni o‘z ichiga olgan boy kutubxonasini hamda zamonaviy adabiyotlarning keng to‘plamini sovg‘a qiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/12/36957886_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_1fc5eac12505154c20925614daef0a8e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, o‘zbekiston, muzey, toshkent, jadidlar
madaniyat, o‘zbekiston, muzey, toshkent, jadidlar
O‘zbekistonda jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan ilk muzey ochiladi — manzil
07:38 19.07.2023 (yangilandi: 11:13 19.07.2023) Muzeyda jadidchilik namoyandalarining qo‘lozmalari va shaxsiy buyumlaridan iborat yangi ekspozitsiya hamda jadidchilik tarixini ochib beruvchi maxsus yaratilgan multimedia tizimi o‘rin oladi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan ilk muzey tashkil etiladi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
xabar berdi. Qayd etilishicha, “Hovli poyon” uyida jadidchilik tarixiga bag‘ishlangan ilk muzey tashkil etiladi.
1860-1870 yillarda qurilgan va G‘oziyon mahallasida Gavkushon madrasasi yonidagi uy mashhur ziyoli, ma’rifatparvar, Markaziy Osiyo jadidchiligi yetakchilaridan biri Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevga tegishli bo‘lgan. Aynan shu uyda ilk bor yangi usuldagi maktablardan biri ochilib, o‘quvchilarga zamonaviy ta’lim tizimiga mos ravishda ona tili, matematika, tarix, geografiya va boshqa fanlar bepul o‘qitilgan.
Uyning yaxshi saqlanib qolgan eski qismida zarur restavratsiya ishlarini olib borish, shuningdek, yangi binolarni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.
Muzeyda jadidchilik namoyandalarining qo‘lozmalari va shaxsiy buyumlaridan iborat yangi ekspozitsiya hamda jadidchilik tarixini ochib beruvchi maxsus yaratilgan multimedia tizimi o‘rin oladi.
Muzey qoshida jadidlar merosini o‘rganish bo‘yicha ilmiy markaz tashkil etish ham rejalashtirilgan.
“Olimlar ilmiy faoliyat uchun barcha sharoitlarni ta’minlovchi materiallar va arxivlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar”, - deyiladi xabarda.
Muzeyni tashkil etish tashabbuskorlaridan biri, Usmonxo‘ja Po‘latxo‘jayevning o‘g‘li Timurxo‘ja bo‘lajak muzey fondiga qadimiy qimmatli qo‘lozmalarni o‘z ichiga olgan boy kutubxonasini hamda zamonaviy adabiyotlarning keng to‘plamini sovg‘a qiladi.