https://oz.sputniknews.uz/20231209/ozbekiston-va-hindiston-ishlab-chiqaruvchi-korxonalari-hamkorligi-muhokama-qilindi-41472625.html
O‘zbekiston va Hindiston ishlab chiqaruvchi korxonalari hamkorligi muhokama qilindi
O‘zbekiston va Hindiston ishlab chiqaruvchi korxonalari hamkorligi muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Hindiston Global biznes forumi rahbari O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan keng assortimentdagi mahsulotlar, jumladan, ichimlik mahsulotlari Hindiston bozorida raqobatbardosh ekanini qayd etdi.
2023-12-09T10:02+0500
2023-12-09T10:02+0500
2023-12-09T10:02+0500
iqtisod
o‘zbekiston
hindiston
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/11/36913931_38:168:1253:851_1920x0_80_0_0_b74cc808c1ea9d7abbf53cd5b3d4a507.png
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi, O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, ichimlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari, Hindiston Global biznes forumiga (Global India Business Forum - GIBF) a’zo kompaniyalar vakillari ishtirokida onlayn anjuman o‘tkazildi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.Tadbirda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, sanoat va ishlab chiqarish sohalarini izchil rivojlantirish uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, ushbu yo‘nalishda xalqaro aloqalarni mustahkamlash uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar, chet el sarmoyadorlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlar haqida batafsil so‘zlab berildi.Hindiston Global biznes forumi rahbari O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan keng assortimentdagi mahsulotlar, jumladan, ichimlik mahsulotlari Hindiston bozorida raqobatbardosh ekanini qayd etdi. Bu esa ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini kengaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda."Tandon Enterprises" kompaniyasi rahbari Pratul Tandon O‘zbekiston korxonalari bilan o‘rnatgan aloqalari va muvaffaqiyatli hamkorlik loyihalari, Hindistonga o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish tajribasi haqida so‘zlab berdi.Anjuman doirasida tomonlar o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan fikr almashdi, yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish istiqbollarini muhokama qildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/11/36913931_132:147:1070:851_1920x0_80_0_0_1efb8b47ebff39a6c3f1dd27163781a5.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston va hindiston ishlab chiqaruvchi korxonalari hamkorligi muhokama qilindi
o‘zbekiston va hindiston ishlab chiqaruvchi korxonalari hamkorligi muhokama qilindi
O‘zbekiston va Hindiston ishlab chiqaruvchi korxonalari hamkorligi muhokama qilindi
Hindiston Global biznes forumi rahbari O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan keng assortimentdagi mahsulotlar, jumladan, ichimlik mahsulotlari Hindiston bozorida raqobatbardosh ekanini qayd etdi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi, O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, ichimlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari, Hindiston Global biznes forumiga (Global India Business Forum - GIBF) a’zo kompaniyalar vakillari ishtirokida onlayn anjuman o‘tkazildi. Bu haqda "Dunyo" AA
xabar berdi. Tadbirda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, sanoat va ishlab chiqarish sohalarini izchil rivojlantirish uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, ushbu yo‘nalishda xalqaro aloqalarni mustahkamlash uchun taqdim etilayotgan imkoniyatlar, chet el sarmoyadorlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qilinayotgan sa’y-harakatlar haqida batafsil so‘zlab berildi.
GIBF prezidenti Jitendra Joshi hindistonlik tadbirkorlar O‘zbekiston hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar jarayonini katta qiziqish bilan kuzatib borayotgani, o‘zbek hamkorlari bilan aloqalarini yanada mustahkamlash, yangi qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rayotganini ta’kidladi. Xususan, 2022 va 2023-yillarda tashkil etilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi chog‘idagi uchrashuv va muzokaralar o‘zaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Hindiston Global biznes forumi rahbari O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan keng assortimentdagi mahsulotlar, jumladan, ichimlik mahsulotlari Hindiston bozorida raqobatbardosh ekanini qayd etdi. Bu esa ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash hajmini kengaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
"Tandon Enterprises" kompaniyasi rahbari Pratul Tandon O‘zbekiston korxonalari bilan o‘rnatgan aloqalari va muvaffaqiyatli hamkorlik loyihalari, Hindistonga o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish tajribasi haqida so‘zlab berdi.
Anjuman doirasida tomonlar o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan fikr almashdi, yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish istiqbollarini muhokama qildi.