https://oz.sputniknews.uz/20231206/putinning-baaga-ishchi-safari-qanday-otdi-41437241.html
Putinning BAAga amaliy safari qanday o‘tdi
Putinning BAAga amaliy safari qanday o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
BAAda birinchi rus maktabi ochildi hamda birinchi pravoslav cherkovi uchun yer ajratishga ruxsat berildi. 06.12.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-12-06T20:51+0500
2023-12-06T20:51+0500
2023-12-07T12:38+0500
vladimir putin
rossiya
baa
shayx muhammad ibn zoid ol nahayon
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/06/41437359_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_a7faf92afd71f1333051a99c0088ef9f.jpg
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Qasr al-Vatan” saroyida tantanali kutib olindi. Uning sharafiga BAA osmonini harbiy samolyotlar Rossiya bayrog‘i ranglariga bo‘yadi, otliq va piyoda faxriy qorovul saf tortdi va zambaraklardan salyut otildi.Putin ushbu e’tiborni javobsiz qoldirmadi va mashinadan tushishi bilan BAA prezidenti Al Nahayonga “Qanday chiroyli” degan so‘zlar bilan minnatdorlik bildirdi.Shuningdek, Rossiya prezidenti BAA yetakchisini kuni kecha nishonlangan mamlakat tashkil etilganining 52-yilligi bilan tabrikladi va SSSR BAAni birinchilar qatorida tan olganini va o‘tgan davr mobaynida munosabatlar doimi yaxshi bo‘lganini eslatib o‘tdi.Undan tashqari, Putin BAA arab dunyosida Rossiyaning eng yirik hamkori ekanini ta’kidlab, o‘tgan yil davomida o‘zaro savdo hajmi 67%ga o‘sganini va bu yil undan ham ko‘p bo‘lishi kutilayotganini aytib o‘tdi.Rossiya prezidenti BAA rahbariga mamlakatda birinchi rus maktabi ochilishi hamda birinchi pravoslav cherkovi uchun yer ajratishga ruxsat berilgani munosabati bilan minnatdorlik bildirdi.Muzokaralarda Isroil-Falastin mojarosiga alohida o‘rin ajratildi. Shuningdek, Putin Al-Nahayonga Ukrainadagi vaziyat haqida batafsil ma’lumot berdi.Rossiya va BAA kelgusi yilda BRIKS tizimida hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.Rossiya prezidenti BAAga tashrifini yakunlab, Saudiya Arabistoniga uchib ketdi.
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/06/41437359_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_185b6094622912be0e08a658a600a2e3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin, rossiya, baa, shayx muhammad ibn zoid ol nahayon, dunyoda, dunyo yangiliklari
vladimir putin, rossiya, baa, shayx muhammad ibn zoid ol nahayon, dunyoda, dunyo yangiliklari
Putinning BAAga amaliy safari qanday o‘tdi
20:51 06.12.2023 (yangilandi: 12:38 07.12.2023) BAAda birinchi rus maktabi ochildi hamda birinchi pravoslav cherkovi uchun yer ajratishga ruxsat berildi.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Qasr al-Vatan” saroyida tantanali kutib olindi. Uning sharafiga BAA osmonini harbiy samolyotlar Rossiya bayrog‘i ranglariga bo‘yadi, otliq va piyoda faxriy qorovul saf tortdi va zambaraklardan salyut otildi.
Putin ushbu e’tiborni javobsiz qoldirmadi va mashinadan tushishi bilan BAA prezidenti Al Nahayonga “Qanday chiroyli” degan so‘zlar bilan minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, Rossiya prezidenti BAA yetakchisini kuni kecha nishonlangan mamlakat tashkil etilganining 52-yilligi bilan tabrikladi va SSSR BAAni birinchilar qatorida tan olganini va o‘tgan davr mobaynida munosabatlar doimi yaxshi bo‘lganini eslatib o‘tdi.
Undan tashqari, Putin BAA arab dunyosida Rossiyaning eng yirik hamkori ekanini ta’kidlab, o‘tgan yil davomida o‘zaro savdo hajmi 67%ga o‘sganini va bu yil undan ham ko‘p bo‘lishi kutilayotganini aytib o‘tdi.
Rossiya prezidenti BAA rahbariga mamlakatda birinchi rus maktabi ochilishi hamda birinchi pravoslav cherkovi uchun yer ajratishga ruxsat berilgani munosabati bilan minnatdorlik bildirdi.
Muzokaralarda Isroil-Falastin mojarosiga alohida o‘rin ajratildi.
Shuningdek, Putin Al-Nahayonga Ukrainadagi vaziyat haqida batafsil ma’lumot berdi.
Rossiya va BAA kelgusi yilda BRIKS tizimida hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi.
Rossiya prezidenti BAAga tashrifini yakunlab, Saudiya Arabistoniga uchib ketdi.