O‘zbekistonlik qilichbozlar Turkiyada o‘tgan musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritishdi

© NOKO‘zbekistonlik qilichbozlar Turkiyada o‘tgan Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritishdi
O‘zbekistonlik qilichbozlar Turkiyada o‘tgan Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritishdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2023
Obuna bo‘lish
Jahon kubogining navbatdagi bosqichi O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli yakunlandi.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. O‘zbekistonlik qilichbozlar Turkiyada o‘tgan Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Turkiyada qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli yakunlandi.
“Jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda qizlarimiz ham, yigitlarimiz ham dunyoning kuchli jamoalarini mag‘lub etib, oltin medallarni qo‘lga kiritishdi”, — deyiladi xabarda.
Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi tomonidan o‘z yo‘nalishlarida dunyoning eng kuchli jamoasi deb e’tirof etilgan yigitlar musobaqa davomida Gruziya, Germaniya, Ukraina va finalda Turkiya jamoalarini mag‘lubiyatga uchratdi.
© NOKO‘zbekistonlik qilichbozlar Turkiyada o‘tgan Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Zolotoy dubl fextovalshikov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.12.2023
O‘zbekistonlik qilichbozlar Turkiyada o‘tgan Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Qizlar esa Bolgariya, Polsha va Italiya termalariga imkoniyat qoldirishmadi.
Musobaqa natijalari:
Yigitlar: O‘zbekiston (oltin), Turkiya (kumush), Ruminiya (bronza).
Qizlar: O‘zbekiston (oltin), Italiya (kumush), Polsha (bronza).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sablyachi yigitlardan iborat O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoda eng kuchli deb e’tirof etilgandi.
Ma’lumot uchun, sablyachilar yil davomida o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichlarida 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.
Yangiliklar lentasi
0