"Iqlim quroli": AQSh Rossiya chegaralari yaqinida yangi urush rejalashtirmoqda
© Foto : DoD / Lisa FerdinandoAmerikanskiy flag na zdanii Ministerstva oboroni SShA. Arxivnoe foto
© Foto : DoD / Lisa Ferdinando
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyoda notinchlik uyasini uyg‘otish AQShga ulkan foyda, Xitoy va Rossiyaga esa katta zarar keltirgan bo‘lardi. Bu haqida Amerikaning eng aqlli tahlilchilari 2019-yildan buyon puxta reja tuzmoqda.
Shu kunlarda bo‘lib o‘tayotgan Dubay iqlim sammiti dunyoda global isish qo‘rquvini kuchaytirish orqali Qo‘shma Shtatlar manfaati uchun misli ko‘rilmagan foydani qayd etdi. O‘tgan bir necha yil ichida AQSh uglevodorodlarni qazib olish bo‘yicha dunyoda yetakchiga aylandi. Neft va gazdan voz kechish chaqiriqlari ostida ular Yevropani Rossiya neft va gazidan uzib, bu bozorni o‘zlari egallab olishdi. Tasavvur qilib bo‘lmaydigan daromadlar, raqobatchilarni kasod qilish — bularning barchasiga iqlim vasvasasi tufayli erishildi.
Biroq "global isish" hikoyasi harbiy qismga ham ega. Iqlim dasturi Amerikaning boshqa mamlakatlar hududida harbiy ishtiroki uchun qulay motivatsiyaga aylanish ehtimoli bilan tahdid qilmoqda. Bunday strategiyada fikrlash tendensiyasi ayniqsa Rossiyaning eng yaqin qo‘shnilari uchun xavfli bo‘lishi mumkin.
Dubay sammiti arafasida, RAND korporatsiyasining harbiy tahlilchilari AQSh Markaziy qo‘mondonligi uchun o‘z mas’uliyati zonasida iqlim bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan taqdirda harakat rejasini tayyorladilar. Amerika harbiylari o‘z vatanlaridan o‘n ming kilometr uzoqlikda nimani unutganini tushunish qiyin, ammo bu "mas’uliyat hududi" Eron, Iroq, Afg‘oniston, Misr, Isroil, Birlashgan Arab Amirliklari, Suriya kabi davlatlarni o‘z ichiga oladi. Va Rossiyaga ma’qul kelmagan tomoni — u sobiq SSSR respublikalari - Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Qirg‘izistonni ham qamrab olgan.
Bu mamlakatlarda qandaydir iqlim halokati yuz berishi mumkin, deydi RAND mualliflari. Masalan, qurg‘oqchilik. Bu suv resurslari uchun azaliy kurashni kuchaytiradi. Isonlar va mojarolar mahalliy urushga aylanib ketishi mumkin. Va ana shunday paytda AQSh harbiylari aralashuviga nazrada tutilgan.
Aralashuvning rasmiy sababi - "uzoq muddatli sheriklarga yordam berish". Aslini olganda esa, amerikaliklar, Ukrainada bo‘lgani kabi, butun mintaqalarni xaosga solish, ichki va transchegaraviy mojarolar ustidan nazoratni qo‘lga olishni rejalashtirmoqda.
Markaziy Osiyoda haqiqatan ham ichki notinchlik va davlatlararo mojarolar uchun imkon bor, bu — cheklangan suv resurslari uchun kurash. Bu kurash mintaqada tez-tez bo‘lib turadigan qurg‘oqchilik davrlarida keskinlashadi. O‘zbekiston va Turkmaniston Afg‘oniston Amudaryodan suv oluvchi kanal qurayotganidan xavotirda. Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida "Golovnoy" suv taqsimlash punkti tufayli chegaradagi to‘qnashuvlar odatiy holga aylangan.
Sovet davrida qurilgan infratuzilmaning zanglab borayotgani, uni yangilashga hech kim shoshilmayotgani vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Amerikaliklar ham aksiga olib bu borada yordam taklif qilishmayapti.
RAND mualliflari navbatdagi qurg‘oqchilik qanday qilib hosil yetishmasligi, ochlik qo‘zg‘olonlari va qurolli mojarolarga olib kelishi mumkinligini hayajon bilan tasvirlab berishmoqda. Amerika harbiylarining vazifasi mintaqadagi har bir davlatga ushbu qiyin paytda u "uzoq yillik hamkor" ekanligini va Qo‘shma Shtatlar yordamiga ishonishi mumkinligini tushuntirishdan iborat.
Shu bahona bilan “global isishga qarshi kurash” maqsadida mahalliy hukumat idoralari va AQSh Mudofaa vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik ta’minlanishi kerak. "Tabiiy ofatlarga qarshi kurashish" bo‘yicha qo‘shma mashqlarni o‘tkazish. Bunga USAIDni jalb qilish va hokazo. AQSh harbiy mutaxassislari logistika, transport, chegara xavfsizligini ta’minlash, migratsiya oqimlarini nazorat qilish, ya’ni mamlakat mudofaasining eng yaqin hududlariga kirib borishda yordam berishi kerak.
Vaziyat keskin tus olganda, ichki tartibsizliklar va iqlim muammolari tufayli davlat hokimiyati zaiflashganda, AQSh Markaziy qo‘mondonligi, xuddi "Betmen" kabi, sodir bo‘layotgan voqealarga aralashib, barchani qutqaradi.
Shu bilan birga, aralashuvning maqsadlari hayratlanarli sinizm bilan tasvirlangan. Amerikaliklar bilan hamkorlik hamkor davlatga qo‘shnisi bilan harbiy mojaroning oldini olish yoki uni xavfini kamaytirish yoki “muvaffaqiyatli aralashuv uchun shart-sharoitlarni ta’minlash” imkonini beradi.
Bunday kafolatlar mojaroning barcha tomonlariga berilishi kerak. Ya’ni ham Qirg‘izistonga, ham Tojikistonga bir vaqtning o‘zida. Bunda qaysi bir davlat o‘zini Vashingtonning "uzoq yilli hamkori" deb biladi va qo‘shnilari bilan urushda va “muvaffaqiyatli intervensiya”da uning yordamiga tayanadi. Bunday "yordam"ning oqibatlarini tushuntirishga hojat yo‘q. Inglizlar bir vaqtlar Hindistonni aynan shun tarzda zabt etgan edi. Ular mahalliy xonliklarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yib oqibatda o‘zlari g‘olib bo‘lishgan edi.
Ushbu rejaning go‘zalligi shundaki, istalgan nuqtada urush chiqarish uchun har qanday narsa "tabiiy ofat" bo‘lishi mumkin. G‘arb ommaviy axborot vositalari ommani eng dahshatli soxta vahimalar bilan qo‘rqitish uchun sa’y-harakatlarini kuchaytirdi. Bir necha yil oldin "ozon teshiklari" ushbu vazifani bajarar edi. Esingizdami. Agar hech qanday qurg‘oqchilik bo‘lmasa, amerikalik jurnalistlar uni o‘ylab topishadi va jahon hamjamiyati unga yana laqqa tushadi.
Lekin bu huddudda AQShdan boshqa global kuchlar ham bor. Rossiya va Xitoy ushbu mintaqa barqarorligidan manfaatdor. Ular yaqin joylashgan, vaziyatga aralashish imkoni tezroq va osonroq. Rossiya harbiylari Qozog‘istondagi hukumatga qarshi namoyishlarga bir necha kun ichida qanday barham berganini eslatishning hojati yo‘q.
Ammo mamlakatning barcha davlat idoralari global isishga qarshi tinimsiz kurash olib borayotgan AQSh Mudofaa vazirligi mutaxassislari bilan to‘lib toshgan bo‘lsa, ular mahalliy inqirozni o‘zlariga yarasha boshqaradilar. Rossiya va Xitoyning Markaziy Osiyodagi muammolarni hal qilishiga yo‘l qo‘ymaslik, ideal holda mintaqani ularning ta’siridan butunlay chiqarib tashlash — AQSh Markaziy qo‘mondonligining asosiy maqsadi. Buni amalga oshirish uchun qancha qon to‘kilishi — oq janoblar chuqur farqi yo‘q.
Markaziy Osiyodagi tartibsizliklar AQShga Ukrainani vayron qilish bilan bir xil foyda keltirgan bo‘lardi, ehtimol undan ham kattaroq. Bu harbiy sektorga xarajatlar evaziga iqtisodni rivojlantirib, dollarni mustahkamlagan bo‘lardi. Undan tashqari Xitoyga katta muammolar paydo qilib Rossiyani rivojlantirishdan "ushlab turishga" xizmat qilgan bo‘lardi. Bularning barchasi RAND korporatsiyasning 2019-yilda chop etilgan yo‘riqnomasida allaqachon aytib o‘tilgan.
Sobiq sovet respublikalari hukumatlari AQShning harbiy rejalaridan xabardor bo‘lishi kerak. Zero, o‘z mamlakatlarini qonga botirishdan avval, amerikaliklar ilhomlantirgan inqiroz ularning o‘zlarini ham uradi.