https://oz.sputniknews.uz/20231204/eoii-mamlakatlar-yalpi-ichki-mahsuloti-5-yil-64-foiz-41383299.html
YeOII mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti 5-yil ichida 6,4 foizga oshdi
YeOII mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti 5-yil ichida 6,4 foizga oshdi
Sputnik O‘zbekiston
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining Statistika departamenti 2018-2022 yillarda YeOII davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy yakunlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
2023-12-04T14:16+0500
2023-12-04T14:16+0500
2023-12-04T14:23+0500
yeoii
yaim
savdo
o‘zbekiston va yeoii
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18184492_322:190:873:500_1920x0_80_0_0_d75596bd82b323c30bf1687603ff5d8c.jpg
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarining yalpi ichki mahsuloti 2022-yilda 2603,9 milliard dollarga yetdi va besh yil ichida 6,4 foizga oshdi. Bu haqda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining statistik yilnomasiga tayanib, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) saytida xabar berildi.Hisobotda 2018-2022 yillarda YeOII davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.Aholi, bandlik, turmush darajasi, ta’lim, narxlar, yalpi ichki mahsulot, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, investitsiyalar, qurilish, transport va aloqa, iste’mol bozori, moliya bozori subyektlari, to‘lov balansi, davlat moliyasi va pul tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shular jumlasidandir.Hisobotga ko‘ra, YeOIIda sanoat ishlab chiqarishi besh yil ichida 12 foizga o‘sdi va 1703,8 milliard dollarga yetdi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari esa 15,1 foizga oshib, 166,4 milliard dollarni tashkil qildi. Shuningdek, ushbu davrdagi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar Ittifoqqa a’zo davlatlarning valyutalarida hisoblab chiqilgan.Batafsil statistik ma’lumotlar YeIK Statistika departamenti sahifasida "Statistik nashrlar" bo‘limida keltirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/06/18184492_305:134:832:529_1920x0_80_0_0_ec681efb2843366ea69fbee8c51404d5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi statistika yeoii davlatlari
yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi statistika yeoii davlatlari
YeOII mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti 5-yil ichida 6,4 foizga oshdi
14:16 04.12.2023 (yangilandi: 14:23 04.12.2023) Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining Statistika departamenti 2018-2022 yillarda YeOII davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy yakunlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
TOShKENT, 4 dek — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarining yalpi ichki mahsuloti 2022-yilda 2603,9 milliard dollarga yetdi va besh yil ichida 6,4 foizga oshdi. Bu haqda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining statistik yilnomasiga tayanib, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) saytida
xabar berildi. Hisobotda 2018-2022 yillarda YeOII davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Aholi, bandlik, turmush darajasi, ta’lim, narxlar, yalpi ichki mahsulot, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, investitsiyalar, qurilish, transport va aloqa, iste’mol bozori, moliya bozori subyektlari, to‘lov balansi, davlat moliyasi va pul tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shular jumlasidandir.
“YeOII doimiy aholisi 2022-yil oxiriga kelib 185,4 million kishini tashkil etdi. Hisobotda aytilishicha, YeOII mamlakatlari yalpi ichki mahsuloti 2022-yilda 2603,9 milliard dollarga yetdi va besh yil ichida 6,4 foizga oshdi”, — deyiladi xabarda.
Hisobotga ko‘ra, YeOIIda sanoat ishlab chiqarishi besh yil ichida 12 foizga o‘sdi va 1703,8 milliard dollarga yetdi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari esa 15,1 foizga oshib, 166,4 milliard dollarni tashkil qildi. Shuningdek, ushbu davrdagi asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar Ittifoqqa a’zo davlatlarning valyutalarida hisoblab chiqilgan.
Batafsil statistik ma’lumotlar YeIK Statistika departamenti sahifasida "Statistik nashrlar" bo‘limida keltirilgan.