O‘zbekistonda qimmatbaho daraxtlarning kesilishi 48 foizga kamaydi

© Sputnik / Sergey PatakovFistashkovoe derevo u Mavzoleya svatogo Daniila (xodja Daniyor) v Samarkande.
Fistashkovoe derevo u Mavzoleya svatogo Daniila (xodja Daniyor) v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2023
Obuna bo‘lish
2023 yil boshidan bugunga qadar 900 ta qimmatbaho daraxtlar kesilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatgich 1300 dan ortiqni tashkil etgan.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekistonda qimmatbaho daraxtlarning kesilishi 48 foizga kamaydi. Bu haqida “Yashil makon” umummilliy loyihasini tashkillashtirish va monitoring boshqarmasi bosh mutaxassisi O‘lmas Sobirov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.

“Har qanday daraxtlarni kesish qonunan taqiqlanadi. Bu uchun tegishli javobgarlik ham belgilangan. Bugungi kunda Davlat ekologiya qo‘mitasining inspeksiyalari hududlarda nazoratni kuchaytirgan. Shuningdek, 16 ta dron, 600 dan ortiq kuzatuv kameralari, 260 ta patrul xizmatlari orqali ekologik nazorat tizimi yo‘lga ko‘yilgan. Natijada qimmatbaho daraxtlarning kesilishi o‘tgan yilga nisbatan 48 foizga kamayishiga erishildi", – dedi Sobirov.

Uning qayd etishicha, 2023-yil boshidan bugunga qadar 900 ta qimmatbaho daraxtlar kesilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatgich 1300 tadan ortiqni tashkil etgan.
O‘tgan davr mobaynida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 588 gektar “yashil bog‘lar”, 662 gektar “yashil jamoat parklari”, Buxoro, Nukus, Xiva va Urganch shaharlari atrofida jami 40 km masofada “yashil belbog‘”lar barpo etildi.
Eslatib o‘tamiz, yashil ekinlarni asrashga qaratilgan qo‘shma loyiha boshlanmoqda. Dastlabki loyiha Toshkent shahrida boshlanadi. Maqsad yashil ekinlarni, shu jumladan, qurilishni rejalashtirish bosqichida asrash hamda ularning to‘liq hisobini joriy etish, shuningdek, noqonuniy kesish holatlarida chora ko‘rishdir.
Derevya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2023
Qayerga qanday daraxt ekishni respublika shtabi belgilab beradi
Yangiliklar lentasi
0