https://oz.sputniknews.uz/20231128/haj-ziyorat-fuqarolar-royxati-ochiq-elon-41279941.html
Endi Haj ziyoratiga borish uchun navbatda turgan fuqarolar ro‘yxati ochiq e’lon qilinadi
Endi Haj ziyoratiga borish uchun navbatda turgan fuqarolar ro‘yxati ochiq e’lon qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
1 dekabrdan boshlab “Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilar ma’lumotlari ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtiriladi.
2023-11-28T09:14+0500
2023-11-28T09:14+0500
2023-11-28T11:58+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yangi farmon
haj amallari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/1e/14658938_0:83:3345:1964_1920x0_80_0_0_7c6042d88973f5229c25221797c5c8cd.jpg
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Endi Haj tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilib boriladi. Bu haqida prezident tomonidan imzolangan tegishli farmonda nazarda tutilgan.Hujjat korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish, muhim ijtimoiy masalalarga oid ochiq ma’lumotlar ko‘lamini yanada kengaytirish, ulardan to‘siqlarsiz foydalanishni ta’minlash, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilindi. Unga ko‘ra, shu yil 1-dekabrdan boshlab hududlar kesimida Haj tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtiriladi.Ro‘yxatdan ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qo‘yilgan sana va ro‘yxatdagi tartib raqami joy oladi.Ma’lumot uchun, Haj tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq e’lon qilinishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatiga kiritish taklifi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ilgari surilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230520/haj-2023-vizasi-kimlarga-beriladi-35160619.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/1e/14658938_306:0:3037:2048_1920x0_80_0_0_e7d6a902cbd3a81fd0adf47bc499893b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
haj tadbiri ziyoratchilar ochiq ma’lumotlar ziyorat 2024 narx ma’lumot qachon o‘zbekiston sayt ro‘yxat
haj tadbiri ziyoratchilar ochiq ma’lumotlar ziyorat 2024 narx ma’lumot qachon o‘zbekiston sayt ro‘yxat
Endi Haj ziyoratiga borish uchun navbatda turgan fuqarolar ro‘yxati ochiq e’lon qilinadi
09:14 28.11.2023 (yangilandi: 11:58 28.11.2023) 1 dekabrdan boshlab “Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilar ma’lumotlari ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtiriladi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Endi Haj tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilib boriladi. Bu haqida prezident tomonidan imzolangan tegishli farmonda
nazarda tutilgan. Hujjat korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish, muhim ijtimoiy masalalarga oid ochiq ma’lumotlar ko‘lamini yanada kengaytirish, ulardan to‘siqlarsiz foydalanishni ta’minlash, shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilindi.
Unga ko‘ra, shu yil 1-dekabrdan boshlab hududlar kesimida Haj tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtiriladi.
Ro‘yxatdan ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qo‘yilgan sana va ro‘yxatdagi tartib raqami joy oladi.
Ma’lumot uchun, Haj tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ochiq e’lon qilinishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxatiga kiritish taklifi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ilgari surilgan.