https://oz.sputniknews.uz/20230520/haj-2023-vizasi-kimlarga-beriladi-35160619.html
Haj vizasi kimlarga beriladi — Diniy qo‘mita firibgarlarga aldanib qolmaslikni so‘radi
Haj vizasi kimlarga beriladi — Diniy qo‘mita firibgarlarga aldanib qolmaslikni so‘radi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston uchun ajratilgan haj kvotasi faqatgina davlat tomonidan tashkil etiladigan Haj safariga otlangan ziyoratchilarga ajratilgan.
2023-05-20T16:53+0500
2023-05-20T16:53+0500
2023-06-02T12:13+0500
jamiyat
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/13/27279923_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_db50987e8668514254d7d4125779bf25.jpg
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Saudiya Arabistonida Haj amallarini bajarish uchun “Haj-2023” vizasi bo‘lishi shart, deya xabar berdi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita.Aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Haj qilishga chaqiruvchi jimjimador sarlavhali reklamalar ko‘paymoqda. Ayrimlar Umra, turistik va biznes viza bilan Haj qilishni va’da qilmoqda.O‘zbekiston uchun ajratilgan haj kvotasi faqatgina Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Musulmonlar idorasi tomonidan tashkil etiladigan Haj safariga otlangan ziyoratchilarga ajratilgan.Muborak safarlarga noqonuniy yo‘llar bilan borishga intilish Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10-yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100.000 saudiya riyoli (26.000 dollar) miqdorida jarima solishga olib keladi.Birgina 2022-yil Haj masumida 500 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik va biznes viza orqali Saudiya Arabistoniga tashrif buyurib, Haj ibodati maydoni “Mashoir”ga kira olishmagan.Haj mavsumi arafasida ziyorat viza (turistik) olgan holda Birlashgan Arab Amirliklari va Iordaniya davlatlari orqali kelgan 1500 nafarga yaqin fuqarolar esa Saudiya Arabistoni hududiga kiritilmagan. Jumladan, 155 nafar fuqarolar Podshohlik haj qonunchiligini buzganlik uchun Saudiya Arabistonidan 10-yil muddatga deportatsiya qilingan.
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/13/27279923_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_297d8a39451344a6648950e05372d56e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston saudiya arabistoni haj madina
o‘zbekiston saudiya arabistoni haj madina
Haj vizasi kimlarga beriladi — Diniy qo‘mita firibgarlarga aldanib qolmaslikni so‘radi
16:53 20.05.2023 (yangilandi: 12:13 02.06.2023) O‘zbekiston uchun ajratilgan haj kvotasi faqatgina davlat tomonidan tashkil etiladigan Haj safariga otlangan ziyoratchilarga ajratilgan.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Saudiya Arabistonida Haj amallarini bajarish uchun “Haj-2023” vizasi bo‘lishi shart, deya xabar berdi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita. Aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Haj qilishga chaqiruvchi jimjimador sarlavhali reklamalar ko‘paymoqda. Ayrimlar Umra, turistik va biznes viza bilan Haj qilishni va’da qilmoqda.
“Ammo buning imkoni yo‘q. Yodingizda tuting! Saudiya Arabistonida Haj amallarini bajarish uchun sizda “Haj-2023” vizasi bo‘lishi shart”, - deyiladi xabarda.
O‘zbekiston uchun ajratilgan haj kvotasi faqatgina Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va Musulmonlar idorasi tomonidan tashkil etiladigan Haj safariga otlangan ziyoratchilarga ajratilgan.
Muborak safarlarga noqonuniy yo‘llar bilan borishga intilish Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10-yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100.000 saudiya riyoli (26.000 dollar) miqdorida jarima solishga olib keladi.
Birgina 2022-yil Haj masumida 500 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik va biznes viza orqali Saudiya Arabistoniga tashrif buyurib, Haj ibodati maydoni “Mashoir”ga kira olishmagan.
Haj mavsumi arafasida ziyorat viza (turistik) olgan holda Birlashgan Arab Amirliklari va Iordaniya davlatlari orqali kelgan 1500 nafarga yaqin fuqarolar esa Saudiya Arabistoni hududiga kiritilmagan. Jumladan, 155 nafar fuqarolar Podshohlik haj qonunchiligini buzganlik uchun Saudiya Arabistonidan 10-yil muddatga deportatsiya qilingan.