Ayrim viloyatlarda chiqindilarni olib ketish xizmati narxi belgilandi
09:06 27.11.2023 (yangilandi: 11:59 27.11.2023)
© Sputnik / Mixail Mokrushin / Mediabankka o‘tishRabota musoropererabativayushego zavoda. Arxivnoe foto
© Sputnik / Mixail Mokrushin
/ Obuna bo‘lish
Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha bo‘yicha xizmatlarga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarning narxi oshgan.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilandi. Bu haqida Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi xabar berdi.
Xalq deputatlari Toshkent Samarqand, Farg‘ona va Andijon viloyatlari Kengashlarining navbatdagi sessiyalarida viloyatlar hududlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflarini tartibga solish masalalari muhokama qilindi.
Yagona to‘lov tariflarini ko‘rib chiqishda Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi ishchi organ etib belgilangan.
Ishchi organ tomonidan o‘tkazilgan tahlillariga ko‘ra, o‘tgan davr mobaynida to‘lov tariflariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarning narxi oshgan.
Narxlar quyidagicha oshgan:
ish haqi 1,5 baravarga
elektr energiyasi, ichimlik va oqova suvi narxlari 2 baravarga
siqilgan tabiiy gaz narxi 4 baravarga
benzin 1,5 baravar
dizel yoqilg‘isi 2 baravarga.
Biroq qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun to‘lov tariflari oxirgi 2-4 yil davomida qayta ko‘rib chiqilmaganligi natijasida sanitar tozalash korxonalarining moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
"Bu ularning 2022-yil yakuni bo‘yicha rentabellik darajasi keskin pasayib ketishiga olib kelgan. Shunga ko‘ra, qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov miqdori belgilandi", — deyiladi xabarda.
Toshkent viloyatining jami 22 ta shahar va tumanlarida jismoniy shaxslar uchun 1 kishi oylik 4400 so‘m va yuridik shaxslar uchun esa 61 000 (68 320 QQS bilan) so‘m to‘lov miqdori;
Samarqand shahri va Samarqand tumanida jismoniy shaxslar uchun 1 kishi oylik 5000 so‘m va yuridik shaxslar uchun 90 000 so‘m (QQS bilan) viloyatning boshqa tumanlarida esa jismoniy shaxslar uchun 1 kishi oylik 4129 so‘m va yuridik shaxslar uchun 59 693 so‘m (QQS bilan) to‘lov miqdori;
Farg‘ona viloyati shaharlarida jismoniy shaxslar uchun 1 kishi oylik 5000 so‘m va yuridik shaxslar uchun 48 000 (53 760 QQS bilan) so‘m viloyat tumanlarida esa jismoniy shaxslar uchun 1 kishi oylik 4000 so‘m va yuridik shaxslar uchun 48 000 (53 760 QQS bilan) so‘m to‘lov miqdori;
Andijon viloyatining jami 16 ta shahar va tumanlarida jismoniy shaxslar uchun 1 kishi oylik 3500 so‘m va yuridik shaxslar uchun esa 47 500 so‘m (QQS bilan) to‘lov miqdori etib belgilanishi ma’qullandi.